Dunyoda

Suriya Ittifoqchilar tomonidan oʻz harbiylari oʻldirilishiga qarshi norozilik bildirmoqda

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka oʻtishBMT Xavfsizlik Kengashi
BMT Xavfsizlik Kengashi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Suriya Tashqi ishlar vazirligi mamlakat harbiylarining ittifoqchilar tomonidan oʻldirilishiga qarshi rasmiy norozilik notasini yoʻlladi.

TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Suriya Tashqi ishlar vazirligi BMT Xavfsizlik Kengashiga AQSH boshchiligidagi ittifoqchilar ustidan norozilik notasini yoʻlladi. Ittifoqchilar tomonidan mamlakat armiyasi obʼyektlari zarba ostiga olinishi oqibatida toʻrt nafar Suriya askari halok boʻlgan, 16 nafari jarohatlangan.

Xabarga koʻra, Suriya AQSH tomonidan amalga oshirilgan harakatini juda salbiy baholamoqda va BMT Xavfsizlik Kengashidan tegishli chora koʻrishni iltimos qilmoqda.

Suriya Tashqi ishlar vazirligi taʼkidiga koʻra, yakshanba kuni kechqurun, ittifoqchilarga qarashli toʻrt samolyot Suriya armiyasi obʼyektlarga toʻqqizta raketa yoʻnaltirgan. 

"Suriya AQSH boshchiligidagi ittifoqchilar hatti-harakatini jinoyatkorona tajovuzkorlik harakati, deb baholaydi. Bu harakatlar BMT Nizomiga maqsadlariga mutlaqo zid. Shu bois, Xavfsizlik Kengashidan bunga qarshi chora koʻrilishini soʻraymiz. Bunday holat boshqa takrorlanmasligi shart” – deyilgan yoʻllangan norozilik notasi matnida.

Suriyadagi ahvol - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Curiya Havo Kuchlarining toʻrt nafar askari ittifoqchilar aviazarbasi natijasida halok boʻldi

Maktubda keltirilishicha, bu hujum, terrorchilikka qarshi kurashda maʼlum qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda, va bu holat, AQSH ushbu masalaga jiddiy yondashmayotganini yana bir bor koʻrsatib bermoqda.

Eslatib oʻtamiz, AQSH boshchiligidagi ittifoqchilar 2014 yilning sentyabridan boshlab Suriyadagi DAISH pozitsiyalari boʻyicha aviahujumlarni amalga oshirib kelmoqda.  Aviahujumlar BMT Xavfsizlik Kengashi Nizomiga boʻysunmagan holda amalga oshirib kelinmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0