Moskvada portlagan moslama granata bo‘lib chiqdi

© Commons.wikimedia / Stanislav S. YanchenkoF-1 — himoya granatasi
F-1 — himoya granatasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva Sog‘liqni saqlash departamenti xabariga ko‘ra, kecha Moskvada avtobus bekatida portlagan uskuna granata ekanligi ma’lum bo‘ldi. Portlash natijasida 5 kishi zarar ko‘rdi.

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Moskvada, Pokrovka ko‘chasida avtobus bekatida F-1 granata portlaganligi ma’lum bo‘ldi dedi, Andrey Galiakberov Moskva GUMVD matbuot kotibi.

“Olib borilayotgan tergov natijasida avtobus bekati yonida F-1 granatasi portlagani ma’lum bo‘ldi”, — dedi u.

Dushanba kuni kechqurun, Moskva markazida, Pokrovka ko‘chasi 19 uy yaqinida joylashgan avtobus bekatida portlash yuz berdi. Ichki ishlar matbuot xizmati o‘shanda qo‘lbola portlash moslamasi haqida xabar bergan edi.

Moskva Sog‘liqni saqlash departamenti ma’lumotiga qaraganda, portlash natijasida besh kishi zarar ko‘rdi. JKning “Xuliganlik” bandi bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi.

 

Yangiliklar lentasi
0