Turkiya e’tirozi “falsafa”, xolos

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishMoskvadagi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi
Moskvadagi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya hukumati vakillari “Sezar Kunikov”dagi rus harbiysining hatti-harakatlariga aniq da’vo qila olmadilar.

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Turkiya “Sezar Kunikov” kemasida Bosfor bo‘g‘ozini kesib o‘tish chog‘ida palubada bo‘lgan rus harbiysi Montryo konvensiyasini qay tariqa buzganligini tushuntirib bera olmadi, deyilgan Rossiya TIV rasmiy saytida.

Mariya Zaxarovaning so‘zlariga qaraganda, Rossiyaga qarashli harbiy kema, 1936-yilda qabul qilingan Montryo konvensiyasi (bo‘g‘ozlarni kesib o‘tish chog‘ida yuzaga keladigan muammolarni tartibga soluvchi hujjat) biror bandini buzmagan. Shu o‘rinda, kemani qo‘riqlash har bir ekipaj burchi ekanligi alohida ta’kidlandi.

“Bizning diplomatlar Turkiya tomonidan xalqaro konvensiyaning aynan qaysi bandi buzilgani haqida qiziqib ko‘rishganda, biz xalqaro huquqning qandaydir “konteksti va falsafasiga” mavhum havolalar keltirishdan boshqa hech narsa eshitmadik”, — dedi Zaxarova.

Eng qizig‘i, Bosfor bo‘g‘ozini kesib o‘tgan Ispaniya harbiy kemasi palubasida qo‘lida katta kalibrli pulemotni tutgan askar surati Turkiya Tashqi ishlar vazirligi xodimlari yoki OAV vakillarida negadir hech qanday savol tug‘dirmadi.

Sezar Kunikov nomli harbiy desant kemasi Sevastopolda - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya Rossiyani Montryo konvensiyasi nizomini bo‘zganlikda ayblamoqda

O‘tgan hafta so‘nggida Bosfor bo‘g‘ozini kesib o‘tish chog‘ida kema palubasida qo‘lida ko‘chma zenit-raketa kompleksi(KZRK) tutgan Rossiya harbiysining suratini Turkiya OAVlarida to‘xtovsiz nashr etildi va bu voqea katta shov-shuvga aylantirildi.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lu ushbu mojaroni Rossiya tomonidan o‘zlariga qarshi uyushtirilgan fitna, deb baholadi. Turkiya Transport, kemachilik va kommunikatsiyalar vaziri Binali Yildirim esa Rossiya Montryo konvensiyasini buzdi, deb ommaga jar soldi. Dushanba kuni Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi.

Yangiliklar lentasi
0