Moskva qabristonlarida bepul Wi-Fi o‘rnatiladi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishNovodevichye qabristoni.
Novodevichye qabristoni. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva shahrining diqqatga sazovor joylarida bepul Wi-Fi zonalari tashkil qilinadi.

 

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Moskva rahbariyati shaharning eng dongdor qabristonlarida bepul Wi-Fi zonasini tashkil qilishga kirishdilar.

“Bepul internet qabristonlar ziyoratini yanada qulaylashtirib, shu bilan birga, ziyoratchilar bilimini kengaytirishga xizmat qiladi”, deydi “Ritual” qabriston marosimlari tashkiloti rahbari Artom Yekimov.

"2016-yilning birinchi yarmida Vagankovskiy, Novodevichye va Troyekurovskiy qabristonlaridagi ochiq maydonchalarda bepul Wi-Fi  zonasi tashkil etiladigan bo‘ldi,” xabar qiladi shahar ma’muriyati "Ritual" rahbari Artom Yekimovning gaplariga asoslangan holda.

Yekimovning aytishicha, bepul internet xizmati — qabristonlar ziyorati yanada qulay bo‘lishiga xizmat qiladi. “Endilikda ziyoratchilar o‘zlari uchun qiziq bo‘lgan marhum mashhurlar to‘g‘risidagi ma’lumotni qabristonning o‘zidayoq internet yordamida bilib olishlari mumkin”, —deydi u.

“Ritual" mutaxassislari hozirda provayderlar uchun tender hujjatlari ustida ishlashmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0