ShHT va YeI birgalikda Afg‘on narkotiklar traffikiga qarshi kurashadi

Obuna bo‘lish
O‘rta Osiyo mamlakatlari hududidan Rossiyaga va undan Yevropaga narkotiklarning eng yirik noqonuniy oqimi o‘tadi. Taxminiy hisoblarga ko‘ra yiliga ushbu “shimoliy yo‘nalishdan” yiliga 100 tonnagacha kuchli narkotik moddalar tashib o‘tiladi.

 

TOShKENT, 11 dek — Sputnik. ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) Yevropa ittifoqi bilan birgalikda Afg‘on narkotraffigiga qarshi kurashni boshladi, MATT matbuot xizamati xabariga ko‘ra.

Xususan tomonlar narkotiklarning “Shimoliy yo‘nalish”i borasida 2015-2016 o‘zaro hamkorlik uchrashuvlari o‘tkazish rejasini kelishib olishdi. Birinchi uchrashuv Alma-Atada dekabr boshida bo‘lib o‘tdi.

MATT matbuot xizmati xabariga ko‘ra “ShHTning huquqni saqlash organlari “Geroin yo‘nalishi bo‘yicha axborot tarmoqlari” dasturi bo‘yicha tezkor hamkorlikni kuchaytirdilar”. YeI davlatlari tomonidan moliyalanadigan “Geroin yo‘nalishi bo‘yicha axborot tarmoqlari” dasturi uyushgan jinoyatchilikka va narkotiklarga qarshi dasturning bir qismidir.

Ma’lumotlarga qaraganda, O‘rta Osiyo mamlakatlari hududidan Rossiyaga va undan Yevropaga narkotiklarning eng yirik noqonuniy oqimi o‘tadi. Taxminiy hisoblarga ko‘ra yiliga ushbu “shimoliy yo‘nalishdan” yiliga 100 tonnagacha kuchli narkotik moddalar tashib o‘tiladi.

ShHTga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi. ShHT tarkibida Mintaqaviy aksilterror tuzilma (MATT) tashkil qilingan. Uning shtab-kvartirasi Toshkentda joylashgan.

 

Yangiliklar lentasi
0