Putin: Rossiyaning DAIShga qarshi jangovor faoliyati Suriyadagi vaziyatni o‘zgartirdi

Obuna bo‘lish
Rossiya harbiy qo‘shinlari tomonidan eng yangi va aniq nishonga oluvchi qurollarni ishlatish natijasida, terrorchilar infrastrukturasiga jiddiy zarar yetkizildi, dedi Rossiya prezidenti.

 

TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Rossiya harbiylari terrorchilar guruhi infraqurilmasiga jiddiy zarar yetkizdi va Suriyadagi vaziyatni o‘zgartirdi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Mudofaa vazirligida bo‘lib o‘tgan majlisda.

“Umuman Rossiya harbiylari harakatlari yuqori ijobiy bahoga loyiq. Bularning bari Mudofaa vazirligi xodimlari, Bosh shtab ofitserlari, Harbiy-kosmik kuchlari uchuvchilari va dengizchilar mehnati natijasidir”, — dedi u.

Davlat rahbari barcha Rossiya harbiylariga qarshi fitna uyushtirmoqchi bo‘lganlarni ogohlantirib, Rossiyaning barcha harbiylari xavfsizligini ta’minlash uchun qushimcha xavfsizlik choralari allaqachon ko‘rilganini aytdi.  

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yadro quroli bilan qurollangan strategik aviatsiya, kontinentlar aro ballistik raketalar va atom suv osti kemalarini yangi qurollar bilan jihozlash kerakligini va Havo Hujumiga qarshi mudofa tizimlarini yangilash haqida gapirdi.

Tusatdan uyushtirilgan tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, Rossiya harbiy kuchlari 2015-yil yakunlariga binoan yangi tezkor qo‘llanish  darajasiga ko‘tarilgan.

“O‘tgan yil davomida bizning Harbiy kuchlarimiz imkoniyatlarini kengaytirish uchun juda ko‘p ishlar qilindi. Biz qo‘shinlarning tezkor qo‘llanishi bo‘icha yangi darajaga ko‘tarildik. O‘quv-jangovor mashg‘ulotlar bajarish darajasi yanada oshdi. Barcha regionlarda bo‘lib o‘tgan tekshiruvlar esa qo‘shinlarning yuqori jangovor tayorgarlik darajasini ko‘rsatdi”, — dedi u.

Davlat rahbarining fikriga ko‘ra, strategik yadroviy kuchlarning jangovor salohiyatini kuchaytirish va mudofaa va kosmik dasturlarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilishi kerak. “Qo‘shinlarda zamonaviy jangovor texnikani o‘zlashtirish bo‘yicha ildam va sifatli ish tashkil qilingan bo‘lishi kerak”, — dedi Putin.   

 

Yangiliklar lentasi
0