Jamiyat

Oʻzbek sanʼatkorlariga kontsert oldidan “shov-shuv” koʻtarish taʼqiqlandi

© A.IlyasovMustaqillik tantanalari.
Mustaqillik tantanalari. - Sputnik Oʻzbekiston
Bugun eʼlon qilingan hukumat qaroriga muvofiq, “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasidan ruxsat olmagunga qadar “estrada yulduzlari”ga rejadagi kontsert dasturi haqida maʼlumot tarqatish taʼqiqlanadi.

 

TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. Bugun eʼlon qilingan hukumat qaroriga muvofiq, Oʻzbekistonda kontsert-tomosha faoliyatini muvofiqlashtirish, milliy musiqa sanʼatini yanada rivojlantirish, badiiy jihatdan yuksak asarlarni targʻib qilish, litsenziatlarning aholiga madaniy xizmat koʻrsatish boʻyicha huquq va majburiyatlarini aniqlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 354-sonli qarori qabul qilindi.

Hujjatda taʼkidlanishicha, sanʼatkorlar va kontsert tashkilotchilariga maxsus ruxsatnoma olmagunlariga qadar, tadbir oʻtkaziladigan joy, vaqt va sana haqida maʼlumot berish qatʼiyan man etiladi. “Oʻzbeknavo” ruxsatisiz, hatto chiptalar sotuvga qoʻyilmaydi.

“Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan tasdiqlangan stsenariy yoxud kontsert dasturiga kontsert tashkilotchilari qatʼiy amal qilishlari shart, kontsert ijrochilari esa ommaga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan nojoʻya hatti-harakatlarga yoʻl qoʻymasliklari lozim.

Vatanga sadoqat va muhabbat ruhidagi, milliy anʼanalar va umuminsoniy qadriyatlar aks etgan, shuningdek, yuqori badiiy gʻoya tasvirlangan sanʼat asarlari oʻrin olgan kontsert dasturlari “Oʻzbeknavo” ruxsatnomasini olish uchun mezon boʻla oladi.

Ushbu qarorga muvofiq, endilikda faqatgina kontsert-tomosha faoliyatining I – II reyting guruhi litsenziyasiga ega xonandalar oʻz yakkaxon kontsert dasturlarini tashkil etishlari mumkin, – dedi “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasining Litsenziya boʻlimi boshligʻi Odil Abduqahhorov Kun.uz muxbiriga. – Bunday litsenziyalar maxsus komissiya xulosasiga koʻra taqdim etiladi. Mazkur xulosani chiqarish uchun ijrochilar belgilangan mezonlar va malaka talablariga mos kelishlari lozim. Jumladan, sanʼatkorlarning reytingi, unvoniga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Unvoni yoʻq, ammo xalq orasida obroʻsi baland xonandalar ham xulosaga koʻra oliy toifali sanʼatkorlar litsenziyasiga ega boʻlib, yakkaxon kontsert dasturlarini oʻtkazish huquqini qoʻlga kiritadi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala