Saudiya Arabistoni Mudofaa vaziri musulmon davlatlari koalitsiyasi haqida

Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistoni Mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon Al-Saud, Islomiy davlatlar koalitsiyasining terrorchilarga qarshi ishlash tamoyillarini aytib berdi.

Saudiya Arabistoni Mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon Al-Saud, Islomiy davlatlar koalitsiyasining terrorchilarga qarshi ishlash tamoyillarini aytib berdi va ushbu kurashda mamlakatlararo o‘zaro harakatlarni muvofiqlashtirish qanchalik zarur ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Islomiy davlatlar koalitsiyasi 24 mamalkatdan tashkil topgan bo‘lib, Saudiya Arabistoni tomonidan tashkil qilingan. Uning qo‘mondonlik markazi Ar-Riyodda joylashgan.

“Bugungi kunda, har bir islom mamlakati terorchilikka qarshi faqat o‘z kuchi bilan kurashmoqda, hech qanday o‘zaro kelishuv yo‘q. Terrorchilar bo‘lsa — birlashib harakat qilmoqda”, dedi vazir.

Eslatib o‘tamiz, bugun ertalab ma’lum bo‘lishiga qaraganda Saudiya Arabistoni 34 musulmon davlatini birlashtirib,  terrorchilikka qarshi harbiy koalitsiya tuzilganini exlon qildi. E’lon qilingan bayonotga ko‘ra, ushbu koalitsiya nafaqat DAIShga qarshi, balki barcha “musulmon xalqlari uchun xavf tug‘dirayotgan” terrorchi tashkilotlarga qarshi qurashadi.

 

Yangiliklar lentasi
0