XVF Ukrainaning Rossiyadan qarzini rasmiy deb tan oldi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishVashingtondagi Xalqaro Valyuta fondi binosi
Vashingtondagi Xalqaro Valyuta fondi binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukrainaning Rossiyadan 3 milliard dollar qarzi maqomi, ko‘pchillik ovoz bilan rasmiy deb tan olindi.

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. XVF (Xalqaro valyuta fondi) Direktorlar kengashi, Ukrainaning Rossiyadan 3 milliard qarzini suveren qarz deb tan oldi, RIA Novosti XVF vakili xabariga asosan.

“XVF Direktorlar kengashi Ukrainaning Rossiyadan qarzini suveren qarz deb tan oldi, tijorat qarzi emas”, — dedi agentlik vakili.

XVF Direktorlar kengashi, 4-dekabr kuni Ukraina qarzini to‘lay olmagan taqdirda ham, unga moliyaviy yordam ko‘rsatish dasturini davom ettirishini tasdiqladi. Ikkinchi navbatda, suveren qarzi to‘lovini tijorat qarzi to‘lovlaridan ustunligini belgiladi.

3 milliard dollar qiymatga ega bo‘lgan Ukraina yevrobondlari to‘lov muddati 20-dekabr kuni tugaydi.

Turkiyada bo‘lib o‘tgan G20 sammitida, Rossiya Ukraina qarzni, AQSh,Yevropa yoki yirik xalqaro fond kafolati asosida, 3-yil davomida bo‘lib – bo‘lib to‘lash haqida taklif kiritgandi.

Rossiya moliya vaziri Anton Siluanovning so‘zlariga qaraganda, Ukrainaning g‘arbiy hamkorlari bunday kafolat  berishdan bosh tortishdi. Shundan keyin. Rossiya prezidenti Vladimir Putin vazirlar mahkamasiga, Ukraina qarzini o‘z vaqtida to‘lamagan holda, uni sudga berishni tayinladi.

Yangiliklar lentasi
0