Putin: «Turkiya rahbarlari amerikaliklarning bitta joyini yalamoqchi bo‘ldi”

Obuna bo‘lish
"Moskva va Anqara munosabatlarida uchinchi tomon ishtirokini ta’kidlash qiyin. Ammo Turkiya rahbarlaridan biri amerikaliklarning bitta joyini yalamoqchi bo‘lgan bo‘lsa, ushbu harakati behuda ketganini aytmoqchiman..."

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. "Moskva va Anqara munosabatlarida uchinchi tomon ishtirokini ta’kidlash qiyin, ammo Turkiya rahbarlaridan birortasi “amerikaliklarning bitta joyini yalamoqchi bo‘lgan bo‘lsa”, bu harakat behuda ketganini aytmoqchiman, ta’kidladi Rossiya prezidenti Vladimir Putin an’anaviy yirik matbuot-anjumanida.

Rossiya prezidenti, shuningdek, “Su-24” mojarosi yuz bermasidan sal oldin Turkiya Rossiyadan xalqaro huquqlar kontekstiga mos tushmaydigan o‘ta nozik bir masalada yordam so‘raganini aytdi. “Qanday yordamligini aytmayman, lekin o‘ta nozik bir masalada yordam so‘rashgan edi. Biz rozi bo‘lgan bir paytda, turklarning qiruvchi samolyoti bombardimonchi samolyotimizni urib tushirdi. Buni qanday tushunish kerak?”

«Turkiya tomonidan samolyotimizning urib tushirilishini — dushmanlik akti, deb bilaman. Ammo shunda ham hamkorlikdan voz kechmagan edik. Bizga nima “tegib” ketganini bilasizmi? Nahot, go‘shakni olib, o‘sha hududda zarba bermasligimizni so‘rash shunchalik qiyin edi? Samolyotimizni urib tushirish ularga nimaga kerak bo‘ldi, bilmayman. Nima, ular bizni qochib ketadi, deb o‘ylaganmidi? Rossiya — ular o‘ylagan davlat emas», — dedi Putin.

Prezidentning so‘zlariga qaraganda, Rossiya "Su-24 mojarosi"dan so‘ng Suriyadagi faoliyatini yanada kengaytirgan. “Suriyaga S-400 tizimini olib kirdik”, — ta’kidladi u.

«Turkiya har doim Suriya havo chegarasini buzib kelgan. Mana endi uchib ko‘rishsin. Turkiya rahbarlari orasida kimdir amerikaliklarning bitta joyini yalamoqchi bo‘lgan bo‘lsa… Bilmadim, amerikaliklarda bu kerakmidi… Har qanday holatda, ular hammani noo‘ng‘ay holatga qo‘ydi”, dedi Putin.

 

Yangiliklar lentasi
0