O‘zbekistonda, dollarning bozor kursi 15% ga tushib ketdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishAQSh dollari
AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi yil oldidan AQSh dollarini bozor narxi 5200 so‘mga tushib ketdi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra bu vaqtinchalik hodisa, yanvar o‘rtalarida kurs yana 6000 so‘mga ko‘tariladi.

 

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Shu kunlarda O‘zbekistonda AQSh dollarining bozor kursi 5200 so‘mni tashkil qildi. Vaholanki, dekabr oyining boshida uning qiymati salkam 6000 so‘m edi.

Central Asia Investments Group mutaxassisi Ilxat Tushevning fikriga ko‘ra, buning sababi Yangi yil bayrami oldidan aholining an’anaviy istelmolchilik talabi oshishida. Bayramni yaxshi kutib olish uchun ko‘pchilik zahiradagi dollarlaridan foydalanishi mumkin. Yangi yildan keyin, aholi yana kamtarin hayot tarziga qaytgach, bozor kursi yana o‘z joyiga keladi, deb o‘ylaydi mutxassis.  

Undan tashqari nashrimizga ma’lumki, Rossiyada ishlaydigan ko‘pgina o‘zbeklar Yangi yil oldidan uylariga qaytishga harakat qiladi. Ular ishlab topgan pullarini O‘zbekistonga dollarda olib kelishadi va O‘zbekiston bozorda so‘mga aylantiriadi.

Ushbu holatlar valyuta bozorida dollar hajmi oshishiga va va uning narxi biroz tushishiga sabab bo‘ladi.

Agar Rossiya valyuta bozorinping iqtisodiy inqirozgacha bo‘lgan davrlariga nazar tashlasak, odatda, Yangi yil oldidan dollar narxi biroz tushardi. Buning sababi Rossiyada  faoliyat ko‘rsatayotgan chet el firmalari, odatda, yil oxirida soliqlarni to‘lash uchun birmuncha mablag‘ni chet el valyutasidan rublga almashtirishar, natijada bozorda katta miqdorda valyuta paydo bo‘lar va uning narxi biroz tushar edi. Bu ko‘pchillik iqtisodchilarga ma’lum fakt.

Ajab emaski, O‘zbekistonda ham, yuqoridagi faktor dollar narxi pasayishiga o‘z hissasini qo‘shgan bo‘lsa.

 

Yangiliklar lentasi
0