Fedor Yemelyanenko 31-dekabr kuni Hindistonlik Djaydip Singx bilan uchrashadi

© Sputnik / Vadim Jernov / Mediabankka o‘tishFedor Yemelyanenko tomoshabinlarini qarshi olmoqda
Fedor Yemelyanenko tomoshabinlarini qarshi olmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik yakkakurashchi Fedor Yemelyanenko, ringga qaytishga qaror qilganidan keyin, o‘zining birinchi jangida Hindistonlik Jaydip Singx bilan uchrashadi.

TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Rossiyalik yakkakurashchi Fedor Yemelyanenko, ringga qaytishga qaror qilganidan keyin, o‘zining birinchi jangida Hindistonlik Jaydip Singx bilan uchrashadi. Bu haqda R-sport rizinff.com xabari asosida ma’lum qildi.

Jang 31-dekabr kuni Yaponiyada bo‘lib o‘tadi.

Og‘ir vaznda MMA versiyasi bo‘yicha to‘rt karra jahon chempioni Fedor Yemelyanenko ushbu yilning 14-iyulida ringga qaytishga qaror qilganini e’lon qilgandi. Sportchining oxirgi jangi 2012-yilning iyunida bo‘lib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Fedor Yemelyanenko MMA versiyasi bo‘yicha 40ta jang o‘tkazgan va ularning 35 tasida g‘alaba qozongan (12ta nokaut bilan). Hozir Yemelyanenko Rossiya MMA Ittifoqi prezidenti.

Yangiliklar lentasi
0