Sport

Ravshan Ermatov dunyoning eng yaxshi hakamlari roʻyxatidan oʻrin oldi

© AP Photo / Felipe DanaOʻzbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov.
Oʻzbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov. - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov Yevropa Klublari Uyushmasining “eng yaxshi hakamlar” roʻyxatiga kiritildi. Taqdirlash marosimi dekabr oyi oxirida boʻlib oʻtishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 18 dek — Sputnik. Yevropa Klublari Uyushmasi(YESA) oʻzbekistonlik referi Ravshan Ermatovni yilning eng yaxshi hakamiga daʼvogarlar roʻyxatiga kiritdi, xabar beriladi uyushma saytida.

Ushbu roʻyxatga hamyurtimizdan tashqari yana besh nafar referi kiritilgan. Bular Jyuneyt Chokir(Turkiya), Vilmar Roldan(Kolumbiya), Xoel Agilyar(Salvador), Bakari Papa Gassama(Gambiya) va Norbert Xauata(Taiti).

Taqdirlash marosimi 27-28 dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida oʻtkaziladi. Yevropa Klublari Uyushmasi tomonidan shuningdek, yilning eng yaxshi futbolchisi, murabbiyi, klub agenti va hakami aniqlanadi.

Eslatib oʻtamiz, FIFA referisi Ravshan Ermatov bungacha besh marotaba Osiyoning eng yaxshi hakami unvoniga munosib topilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala