Jamiyat

Terrorchilar homiysi Oʻzbekistonga qaytariladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishJinoyat sodir etganlikda ayblanib, hibsga olingan gumondor.
Jinoyat sodir etganlikda ayblanib, hibsga olingan gumondor. - Sputnik Oʻzbekiston
Gumondor Moskvada 2012 yilga qadar “Turkiston Islom partiyasi” jinoiy uyushmasi uchun odam yollagan.

 

 

TOSHKENT, 18 dek — Sputnik. Rossiya Bosh prokuraturasi qarori bilan terrorchilik uyushmalariga homiylik qilganlikda ayblanayotgan Oʻzbekiston fuqarosi Shahobiddin Oʻrinov jinoiy javobgarlikka tortilish uchun oʻz vataniga topshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq, ushbu turdagi jinoyat uchun 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi koʻzda tutilgan.

Rossiya Bosh prokuraturasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻrinov 2009-yilda Oʻzbekiston Respublikasida “Tabligʻchilar” diniy-ekstremistik oqimiga qoʻshilganlikda, 2012-yilda “Turkiston Islom partiyasi”(faoliyati Rossiya hududida taʼqiqlangan) terrorchilik uyushmasiga aʼzo boʻlganlikda ayblanmoqda.

Oʻrinov Moskvada boʻlgan vaqtida, 2012-yilning oktyabr oyiga qadar, Afgʻoniston va Pokiston hududida yashirin faoliyat koʻrsatadigan “Turkiston Islom partiyasi” uchun odam yollagan. Shuningdek, ushbu partiya faoliyatini moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida, mablagʻ toʻplash bilan shugʻullangan. Rossiya Bosh prokuraturasi terrorchilik uyushmalariga homiylik qilganlikda ayblanayotgan Shahobiddin Oʻrinovni Oʻzbekistonga topshirish qarorini qabul qildi.

Appelyatsiya arzlarida Oʻrinov va uning himoyachisi chiqarilgan ajrimdan norozi ekanliklarini bildirib, birinchi instantsiya sudida xatoga yoʻl qoʻyilganligi, jinoiy-protsessual kodeksga amal qilinmaganligi haqida taʼkidladilar. Ammo Oʻrinov va uning himoyachisi keltirgan dalillar inobatga olinmadi. Qaror qonuniy kuchga kirdi.

 

 

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala