O‘zbek chegarachilari Tojikistondan narkotik moddalar kirib kelishiga yo‘l qo‘yishmadi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik bojxona xodimlari Tojikistondan O‘zbekistonga kelayotgan yuk poyezdida 33,2 kg giyohvand modda yashiringan tuynukni aniqladilar.

TOShKENT, 20 dek — Sputnik. O‘zbekistonlik bojxona xodimlari Tojikistondan O‘zbekistonga kelayotgan yuk poyezdida 33,2 kg giyohvand moddalar yashiringan mahfiy joyni aniqladilar, xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga O‘zbekiston respublikasi huquqni muhofaza qilish organi xodimi.

Skotch yordamida uzunligi 50 santimetrdan 1 metrgacha bo‘lgan naychalar shakliga keltirilgan giyohvand moddalar uchta vagonning ko‘ndalang tushgan stoyka qismida yashiringanligi aniqlangan. Tekshiruv ishlari Bekobod temir yo‘l o‘tish punktida o‘tkazilgan.

Manbaning ta’kidlashicha, bunday voqealarning kelib chiqishiga Tojikistonlik bojxona xodimlarining tekshiruv ishlariga vijdonan yondashmasliklari sabab bo‘lmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0