Tolibon Afg‘oniston janubidagi Sangin shahrini egalladi

Obuna bo‘lish
Mahalliy fuqaro xabar berishiga ko‘ra, tunda, hukumat qo‘shinlari bilan bo‘lib o‘tgan shafqatsiz janglardan keyin Tolibon shahar makazidagi ma’muriyat binosini egallab olgan.

TOShKENT, 21-dekabr – Sputnik. “Tolibon” guruhiga qarashli jangarilar yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi Afg‘oniston janubida, Gilmend viloyatining Sangin tumanini egallab oldi, deb xabar berdi RIA Novosti Xitoyning Sinxua agentligi xabari asosida.

“Tunda, hukumat qo‘shinlari bilan bo‘lib o‘tgan shafqatsiz janglardan keyin Tolibon shahar makazidagi ma’muriyat binosini egallab oldi”, — deb xabar berdi vaziyat bilan tanish bo‘lgan mahalliy fuqaro.

Axborot agentligi xabar berishiga ko‘ra, hukumat qo‘shinlarida tungi jang vaqtida qurol-aslaha yetishmovchiligi va havo harbiy kuchlari yordamiga katta ehtiyoj bo‘lgan.

Qunduz ko‘chalaridan biri - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston shimolidagi Qunduz shahrini "Tolibon" egallab oldi

Juma kuni ham Afg‘onistonning Gilmend viloyatining Xanshin tumanida ham hukumat qo‘shinlari va “Tolibon” orasida janglar bo‘lib o‘tgandi.

Umuman, Afg‘onistonda, oxirgi bir necha oy davomida, vaziyat sezilarli darajada yomonlashdi. Oldin asosan qishloq hududlarida joylashgan Tolibon guruhi, oxirgi vaqtlarda yirik shahar va zarur transport obyektlariga hujum qila boshladi.

Yangiliklar lentasi
0