ODKB davlatlari: ID bilan bog‘liq shaxslarni aniqlash bizning burchimiz

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishMoskvada ODKB (KXShT) kengashi
Moskvada ODKB (KXShT) kengashi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ID bilan yashirin aloqada bo‘lgan barcha shaxs va guruhlarni topish, KXShT (ODKB) a’zolarining javobgarligidir.

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Moskvada Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi tashkiloti rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Kollektiv Hamkorlik Shartnomasi tashkiloti rahbarlari, butun odamzodga xavf solayotgan, ID terrorchilik guruhiga qarshi keskin kurashish masalasini hozirgi kunnning eng dolzarb vazifasi deb hisoblashmoqda.

Afg‘oniston hududida IShID, Tolibon, Al-Qoida va boshqa terrorchi guruhlar faolligi oshishi munosobati KXShTning janubiy chegaralarida, O‘rta Osiyo mamlakatlarida vaziyat keskinlashib borayotganini ta’kidlashdi.

Ushbu munosobat bilan, terrorchilarni moliyaviy manbaalardan ajratish maqsadida, ID va boshqa terrorchi guruhlar bilan iqtisodiy aloqalarda bo‘lgan barcha fuqarolarni aniqlash — KXShT davlatlarining burchi ekanligini ta’kidlashmoqda.

“Ishonchimiz komilki, moliya manbaalari berkitilmasdan turib, terrorchilar bilan samarili kurash olib borish mushkuldir. Bu borada biz BMT Xavfsizlik Kengashining 2015-yil 17-dekabrda qabul qilingan 2253 sonli rezolyutsiyasini va unda aytilgan IShID, Al-Qoida va ular bilan bog‘liq barcha shaxslarga qarshi qaratilgan choralar qabul qilish haqidagi chaqiriqni qo‘llab quvvatlaymiz”, — deyilgan hujatda.     

Undan tashqari radikal va ekstremistik g‘oyalar jamiyatda ildiz otmasdan turib ularni oldini olish uchun, fuqarolik immunitetini kuchaytirish kerakligi ta’kidlandi. Bu masalada davlat organlari sa’y-harakatlarini ijtimoiy tashkilotlar, OAV hamda diniy konfessiyalar imkoniyatlari bilan to‘ldirish kerakligi alohida ta’kidlandi.

KXShT – Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi tashkiloti 2002-yilda tashkil qilingan bo‘lib, unga Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston kiradi. O‘zbekiston  KXShT a’zoligidan 2012-yilda chiqqan.

O‘zbekiston KXShTdan chiqqan bo‘lsada, Rossiya bilan Ittifoqchilik shartnomasi 2005-yildan buyon amal qilib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0