Dunyoda

BMT: minglab suriyalik bolalar fuqaroliksiz qolishi mumkin

© Sputnik / Sergey Stroitelev / Fotobankka oʻtishQochoqlar avtobus stantsiyasi yonida.
Qochoqlar avtobus stantsiyasi yonida. - Sputnik Oʻzbekiston
Suriyalik qochoqlarning aksariyatida hech qanday hujjat yoʻq, ular roʻyxatdan ham oʻtishmagan. Qochoqlar ayni paytda juda qaltis ahvolda, deydi qochoqlar ishi boʻyicha BMT Bosh Komissari Antoniu Guterresh.

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik, Olga Denisova.

Minglab suriyalik bolalar kelajakda fuqaroliksiz qolishi mumkin, taʼkidladi BMTning qochoqlar ishi boʻyicha Bosh komissari Antoniu Guterresh Suriyaga gumanitar yordam koʻrsatish boʻyicha BMT Xavfsizlik Kengashi yigʻinida ishtirok etar ekan, RIA Novosti xabariga koʻra.

Qochoqlar ishi boʻyicha BMT Bosh komissari boshqarmasi maʼlumotiga koʻra, joriy yilda Yevropa mamlakatlariga millionga yaqin kishi kirib kelgan boʻlsa, shularning teng yarmi suriyaliklardir. Jahon bankining soʻnggi tadqiqoti Iordaniya va Livandagi har 10 suriyalikning 9tasi oʻta nochor, qashshoq ahvolda yashashini koʻrsatdi.

Damashq. Koʻxna shahar. - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Urush va tinchlik: Suriya tinch aholisi hayotidan fotolavhalar

“Begona yurtda rasman ishga joylashish imkoniyatidan mahrum qochoqlarning ahvoli nihoyatda zaif. Ular boshqa davlatlardan koʻrsatiladigan gumanitar yordamga qarab qolishgan. Oʻz oilasini boqish uchun qarz olishdan boshqa choralari yoʻq.

Hozirgi sharoitda Suriya oilalarida tarbiya topayotgan bolalarning yarmi maktabga boradi. Koʻplab murgʻak qalblar ish qidirishga majbur, qiz bolalar esa erta turmushga berilmoqda. Bu ketishda, Suriyalik oilalarda voyaga yetayotgan minglab bolalar kelajakda fuqaroliksiz qolishlari mumkin”, deydi Guterresh.  

Gumanitar masalalari boʻyicha BMT Bosh kotibi yordamchisi Kyung-va Kang fikricha, Suriya aholisining yarmidan koʻpi mamlakatdagi mojaro tufayli oʻz uylarini tark etishga majbur boʻlishgan. 6 millionga yaqin kishi mamlakat ichida bir joydan ikkinchi joyga koʻchishga majbur boʻlgan boʻlsa, 4 million kishi mamlakatdan qochishga majbur boʻlgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala