Bashar Asad: “Qanday prezidentligimni Suriya xalqi hal qiladi. Yevropaliklar emas”

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishSuriya prezidenti Bashar Asad.
Suriya prezidenti Bashar Asad. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suriya prezidenti o‘ziga hukumat tepasida qolishga “ruxsat bergan” G‘arb vakillari, dunyodagi ahvol haqida gapirdi.

TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Suriya prezidenti o‘ziga hukumat tepasida qolishga “ruxsat bergan” G‘arb vakillari, dunyodagi ahvol haqida gapirdi, RIA Novosti xabariga ko‘ra.

Bashar Asad G‘arb vakillari tomonidan bildirilgan ta’kidlar, jumladan, AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining “Suriya rahbari hozircha hukumat tepasida qolishi mumkin” iborasiga hazil-mutoyiba bilan javob qaytardi. Sal oldin G‘arb mamlakatlari Asadga Suriya rahbarligidan ketish talabini qo‘yishgan edi. “Jomadonlarimni yig‘ishtirib, ketishga shay bo‘lib turganimda, ular qolishimga ruxsat berishdi. Rahmat ularga. Men ulardan juda  minnatdorman”, dedi Suriya prezidenti hazil ohangida Gollandiyaning NOS teleradiokompaniyasiga bergan intervyusi chog‘ida.

Bashar Asad faqatgina Suriya xalqi uning hukumat tepasida qolish-qolmasligini hal qilishga haqli ekanligini alohida ta’kidladi.

"Suriya – suveren davlat. Uning prezidenti yaxshi-yomonligini  faqat Suriya xalqi hal qiladi. Yevropaliklar emas”, izoh berdi Asad.

Va, bordiyu, Suriya xalqi undan prezidentlik lavozimidan ketishini talab qilsa, u bu talabni bajarishini aytdi.

Yaqin Sharq va Yevropada terrorchilik balosi keng tarqalib borayotgani haqida to‘xtalar ekan, Asad bunga Yevropa boshchiligida terrorchilarni qo‘llab-quvvatlayotgan Turkiya, Qatar va Saudiya Arabistoni aybdorligini ta’kidladi. “Suriyani terror ildiz otgan makonga aylanishi mana shu davlatlarning xatosi tufayli ro‘y berdi” dedi u. “Yevropaning aksariyat yetakchilari o‘z qadr-qimmatini neft va dollarga alishtirishdi. Bu juda achinarli. Ular bu yo‘l bilan Saudiya Arabistonidagi vahhobiylik uyushmalari o‘z ekstremistik g‘oyalarini Yevropaga olib kirishlariga keng yo‘l ochib berdilar.

Suriya emas, Yevropa terrorchilar eksporti bilan shug‘ullanmoqda” qo‘shimcha qildi Asad va yaqinda Parijda uyushtirilgan portlashlar kelib chiqishi aynan yevropalik bo‘lgan terrorchilar tomonidan amalga oshirilganini alohida ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0