Angren IESida 2016yil oxirida yangi energoblok ishga tushadi

© UzbekenergoToshkent IES
Toshkent IES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IESni yangilashning umumiy narxi 242 mln dollardan ziyod. Quvvati 150 MVt bo‘lgan yangi energoblok, arzon narxli past sifatli ko‘mirda ishlaydi.

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Harbin Electric International Company kompaniyasining mutaxassisilari 2016-yil oxirigacha Angren IESida yangi energoblok ishga tushirishga tayor, “O‘zbekenergo” vakili xabariga ko‘ra.

Uning so‘zlariga qaraganda hozir ishlar kerakli asbob-uskunani O‘zbekistonga olib kelish bosqichida. Bir vaqtning o‘zida elektrostansiyada yangi korpuslar qurilishi amalga oshirilmoqda.

“Quvvati 150MVt bo‘lgan Yangi energoblokning qiziqarli tomoni shundaki, u sifati past bo‘lgan ko‘p kulli ko‘mir yordamida ishlaydi. Bunday ko‘mirning katta zahiralari “Angren” ko‘mir konida to‘planib qolgan. Bunday texnologiya juda kam ishlatiladi va bor yo‘g‘i dunyoda 30 elektrostansiya bor”, — dedi mutaxassis.

Narxi 226 million dollar bo‘lgan energoblok qurilishiga shartnoma Harbin Electric International Company kompaniyasi bilan 2012-yilda tuzilgan edi. Umumiy qiymati 242 million bo‘lgan loyiha Xitoyning Eksimbanki tomonidan 165,6 million dollar va “O‘zbekenergoning xususiy mablag‘lari hisobidan 75,1 million dollar blan sarmoyalangan.

Yangi energoblok ishga tushirilishi, texnologik va ko‘p energiya talab qiladigan “Angren”erkin savdo zonasini elektr energiyasi bilan ta’minlashga yordam beradi. Har yili stansiyada bir million tonnaga yaqin past sifatli ko‘p kulli ko‘mir  yoqiladi. Yangi energoblok IES quvvatini 2 baravardan ziyodga oshiradi.

O‘zbekistonda yilida 4,5 mln tonna ko‘mir qazib olinadi. Uning 85% asosiy iste’molchisi respublika Issiqlik elektr stansiyalaridir.

Angren IESi 1957yilda ishga tushirilgan bo‘lib uning quvvati 484 MVt ni tashkil qiladi. 

Yangiliklar lentasi
0