Dunyoda

Afgʻon diplomati: “Bizga qurol bering, "Islom Davlati”ni yoʻq qilamiz”

Tojikiston, Oʻzbekiston va Turkmaniston hududlariga jangarilar kirib borishiga yoʻl qoʻymaslik uchun katta miqdorda qurol-yarogʻ kerak, deydi Afgʻonistonlik diplomat Ahadzoda Abdul Gʻayur.

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Afgʻonistondagi “Islom Davlati” jangarilari soni ikki mingtagacha boʻlishi mumkin. Ularni yengishga Qobulning hozircha kuchi yetadi”, deydi Afgʻonistonning Rossiyadagi ishonchli vakili Ahadzoda Abdul Gʻayur. Diplomatning soʻzlariga qaraganda, Afgʻoniston shu kunlarda Rossiyadan vertolyot va boshqa harbiy texnikalarni xarid qilishga qiziqish bildirmoqda.

"ID” terrorchilariga qarshi qanday kurashish kerakligini bilamiz. Muhimi, bizga hozir qurol kerak. Toki jangarilar bizning hududda payti, ularga qarshi kurashish kerakligini hammaga aytyapmiz. Terrorchilar biz orqali Tojikiston, Oʻzbekiston, Turkmanistonga kirib borishni maqsad qilmoqda. Agar biz ularga qarshilik koʻrsatsak, sizlar ham tinch boʻlasizlar. Faqat bizga qurol-aslaha bering”, deydi Abdul Gʻayur.

Ashxobodda “Betaraflik siyosati: tinchlik, xavfsizlik va rivojlanish yoʻlida xalqaro hamkorlik” xalqaro anjumani - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Islom Karimov: Yaqin Sharqdan qochib chiqayotgan terrorchilar Afgʻonistonga kelmoqda

Diplomat shuningdek, ikki tomonlama kelishuvga muvofiq, tez kunda Afgʻonistonga Hindistondan Mi-35 vertoletlari yetkazib berilishi haqida maʼlum qildi. Bundan tashqari, 10 mingga yaqin Kalashnikov avtomati Rossiyadan Afgʻoniston Ichki ishlar vazirligiga yordam tariqasida berilishi kutilmoqda.

Afgʻoniston hududida ID terrorchilari guruhi taʼsiri kengayib bormoqda. Mamlakatda faoliyat koʻrsatuvchi “Tolibon” guruhi va “ID” terror uyushmasi bir-biriga raqib guruhlar darajasigacha yetib bordi. OAVlarda iyun oyida “Tolibon” harakati vakillari Afgʻonistondagi toliblar ishiga aralashmasligini soʻrab, “ID”ga maktub yoʻllashgani xabar qilingan edi. Afgʻoniston hududida guruhlar oʻrtasida bundan oldin ham toʻqnashuvlar yuz bergan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala