“ID” terrorchilari suriyalik o‘quvchilarni o‘qqa tutdi

© YoutubeNeft mahsulotlari noqonuniy savdosi.
Neft mahsulotlari noqonuniy savdosi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“ID” terrorchilari Suriya shimoli-sharqida joylashgan Dayr-az-zo‘r shaharchasidagi maktab o‘quvchilarini o‘qqa tutdilar.

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. “Islom Davlati” terrorchilari Suriya shimoli-sharqida joylashgan Dayr-az-Zo‘r shahridagi maktabni minomotdan o‘qqa tutdilar.

Shahar hokimiyatidan olingan xabarga ko‘ra, o‘qqa tutish oqibatida to‘qqiz nafar o‘quvchi halok bo‘lgan, o‘n besh nafari jarohatlangan.

"Terrorchilar minomot yordamida Xrabish kvartalidagi maktabni o‘qqa tutdilar. Hodisa bugun ertalab yuz berdi. To‘qqiz nafar o‘quvchi halok bo‘ldi”, — xabar qiladi manba.

Suriya milliy agentligi IIVdagi o‘z ishonchli manbasiga asoslangan holda, o‘qlar ertalab markaziy maydon ustiga kelib tushgani haqida xabar qiladi. Ular shuningdek, to‘qqiz nafar o‘quvchining o‘limi, o‘n besh nafar o‘quvchining jarohat olgani to‘g‘risidagi xabarni tasdiqladilar.

Yangiliklar lentasi
0