23 mingdan ziyod yaponlar imperatorni tug‘ilgan kuni bilan tabriklashdi

© Commons.wikimedia / Markus Leupold-LöwenthalTokiodagi hukumat binosi. Yaponiya
Tokiodagi hukumat binosi. Yaponiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaponiya imperatorining tug‘ilgan kuni an’anaga ko‘ra davlat bayrami sifatida nishonlanadi. Istagan kishi ushbu kunda saroyga tashrif buyurishi mumkin.

TOShKENT, 23 dek — Sputnik, Kseniya Naka. Monarxni 82 yoshi bilan tabriklash maqsadida Tokiodagi imperator saroyiga 23 mingdan ziyod odam tashrif buyurdi, RIA Novosti, imperator saroyi boshqarmasi xabariga ko‘ra. 

Tong sahardan qo‘lida milliy bayroqchalar bilan minglab odamlar Yaponiya imperatori Akixitoni tavallud ayyomi bilan tabriklash uchun saroyga tashrif buyurishdi. Imperator va uning oilasi xalq qarshisida uch marta ko‘rinish berdilar. Imperator Yaponiya xalqiga “kelayotgan yil baxtli kechishini” tiladi.

Imperatorning tug‘ilgan kuni an’anaga muvofiq davlat bayrami sifatida nishonlanadi. Shahar ko‘chalari milliy bayroqlar bilan bezatiladi. Istagan kishi ushbu kunda saroyga tashrif buyurib, saroyga kiraverishda qo‘yilgan qog‘oz va yozuv anjomlari yordamida imperatorga shaxsan tabrik yozib qoldirishi mumkin.

Kunning ikkinchi yarmida imperatorni Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe va parlament deputatlari tabriklashadi. Monarx va uning oilasi ishtirokida saroyda tantanali tadbir bo‘lib o‘tadi.

 

Yangiliklar lentasi
0