Hodisalar

Istanbuldagi portlash minomyotdan oʻqqa tutish natijasida roʻy bergan

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka oʻtishMoskva-Baku aviaparvozini amalga oshiruvchi Boeing 787 Dreamliner. Domodedovo aeroporti.
Moskva-Baku aviaparvozini amalga oshiruvchi Boeing 787 Dreamliner. Domodedovo aeroporti. - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Seshanbadan chorshanbaga oʻtar kechasi Istanbuldagi Sabihi Goʻkchen aeroportida portlash yuz berdi. Hodisa oqibatida bir kishi halok boʻldi, yana bir kishi ogʻir tan jarohati oldi.

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Istanbuldagi Sabihi Goʻkchen aeroportidagi portlash minomyotdan oʻqqa tutilish natijasida roʻy bergan boʻlishi mumkin, xabar qiladi RIA Novosti, Haberturk portali manbasiga tayangan holda.

Bundan sal oldin, Istanbul gubernatori Vosip Shohin chorshanbaga oʻtar kechasi Sabihi Goʻkchen aeroporti turargohida portlash yuz bergani. Portlash sabablari nomaʼlumligicha qolayotganini maʼlum qilgan edi. Maʼlumotlarga koʻra, hodisa roʻy bergan vaqtda samolyot yaqinida boʻlgan ikki nafar farrosh ogʻir tan jarohati olgan. Ulardan biri, boshidan jarohat olgan 30 yoshli Zuhra Yamach, kasalxonada vafot etgan.

NTV telekanali aeroport binosining uchish zalida boʻlgan uchuvchilarning gapiga tayangan holda, aeroportda bir emas, uchta portlash roʻy berganligi haqida maʼlum qilmoqda.

Politsiyachilar sodir etilgan portlash terakt natijasi boʻlishi mumkin, degan taxminni inkor etishmayapti. Hozirda aeroportda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Voqea joyida politsiyachilar guruhi ishlamoqda. Aeroport hududida transport nazorati kuchaytirilgan. Shuningdek, Istanbuldagi Otaturk aeroportiga ham tekshiruv uchun politsiyachilar guruhi yuborilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0