Dunyoda

NASA Marsda kartoshka yetishtirmoqchi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Odatda, Mars haqida gap borganida, hududsiz choʻgʻdek sahro koʻz oʻngimizda namoyon boʻladi. Ammo... Ajabo! Amerikaning NASA kosmik tadqiqotlar agentligi Qizil Sayyorada kartoshka yetishtirishini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Amerikaning NASA kosmik tadqiqotlar agentligi Peruda roʻyxatdan oʻtgan Xalqaro kartoshka markazi bilan hamkorlikda Marsda kartoshka yetishtirmoqchi, xabar qiladi Sputniknews.

Qanday deysizmi? Gap shundaki, NASA Yerdagi laboratoriyada sunʼiy ravishda Mars iqlimini yaratmoqchi. Tadqiqotchilar Peru sahrosi qumidan foydalanish niyatida. Ular qum tarkibidagi karbonad angidrid foizini koʻpaytirib, oʻz rejasini amalda sinab koʻrmoqchi, xabar qiladi manba.

Qizil sayyorada atrof-muhitni yuzaga keltirishdan tashqari, olimlar, oʻsimliklar Marsda oʻsib keta olishi uchun maxsus oʻgʻitlar yaratishlari ham kerak boʻladi.

NASA tadqiqotchilari, bundan tashqari, kartoshkaning katta miqdorda suv talab qiladigan va joy tanlamaydigan yangi turini yaratish niyatida. Tasanno, desa arziydi. Sababi, bordiyu tadqiqot kutilgan natijani bermagan taqdirda ham, ular oʻz mehnatiga achinmasliklari mumkin. Yangi turdagi kartoshkani Yer sayyorasining istalgan nuqtasida yetishtirish mumkin boʻladi!

Yangiliklar lentasi
0