AQSh Suriyada harbiy to‘ntarish uyushtirishni rejalashtirgan

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishSuriyadagi ahvol.
Suriyadagi ahvol. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika maxsus xizmati Suriyada “yangi hukumat”ni boshqarishga tayyor odamlarni aniqlash bilan shug‘ullangan.

TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Suriyada urush boshlanishi bilan AQSh ma’muriyati hukumatning ayrim vakillari bilan mahfiy konsultatsiyalar o‘tkazgan. Bundan maqsad, Bashar Asad o‘rnatgan tartibni o‘zgartirishga yordam berishga tayyor odamlarni aniqlash edi, RIA novosti, Wall Street Journal ma’lumotiga ko‘ra.

Amerika hamda arab mansabdorlari so‘zlariga tayangan holda nashr shunday yozadi: “AQSh Suriyada davlat to‘ntarishini amalga oshirish maqsadida 2011-yildayoq tartibdagi “darz ketgan” joylarni aniqlashga harakat qilgan. Ammo bunday joylar kutilganidek ko‘p bo‘lib chiqmadi. Amerika maxsus xizmati xodimlari yangi hukumat boshiga kelishga tayyor alavit zobitlarni topishga muvaffaq bo‘lishdi, xolos. "2011 yil Oq uy siyosati amaldagi tartibda “yoriq joylarni” aniqlash evaziga siyosiy to‘ntarishni amalga oshirishdan iborat edi. “Yangi hukumat” tepasiga keladigan odamlarni qanday yo‘l bilan bo‘lmasin Asaddan voz kechishlariga ko‘ndirishimiz lozim edi, xabar beradi AQSh prezidenti ma’muriyatining sobiq xodimlaridan biri.

Vashington Asad hukumatidagilar bilan mahfiy aloqalarni juda ehtiyotkorlik bilan olib borgan. Nashrda yozilishicha, Bashar Asad bu paytda AQSh ma’muriyati bilan terrorchilikka qarshi kurashda birlashishga urinib ko‘rgan.

Suriyada 2011-yilning mart oyi boshlangan qurolli mojaro hanuzgacha davom etmoqda. Bunda qurollangan terror uyushmalari (“Islom davlati” va “Jabhat an-Nusra” ekstremistik guruhi jangarilari) davlat armiyasi askarlariga qarshi kurashib kelmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, qonli to‘qnashuvlar 250 ming kishi hayotiga zomin bo‘lgan.

 

Yangiliklar lentasi
0