Moskva Qizil maydoni Yangi yil oqshomi yopiladi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishQizil maydonda Yangi yil xalq sayli
Qizil maydonda Yangi yil xalq sayli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qizil maydonga Yangi yil oqshomi faqat maxsus taklifnoma bilan kirish mumkin, chunki u yerda "Goluboy ogonyok" konsert dasturi suratga olinadi.

TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Moskva Qizil maydoni Yangi yil oqshomi tashrif buyuruvchilar uchun yopiq bo‘ladi, chunki bayram oqshomi mamlkatning bosh maydonida “Goluboy ogonyok” teleko‘rsatuvi suratga olinadi. Kirish maxsus taklifnomalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu haqda regional xavfsizlik departamenti rahbari Aleksey Mayorov “Moskva 24” telekanaliga xabar berdi.

“Bu yil Yangi yil oqshomida Qizil maydonda “Goluboy ogonyok” bayram konserti suratga olinadi. Shuning uchun u yerga faqat maxsus taklifnamalarga binoan kiritiladi”, — dedi Mayorov.

Odatda Yangi yil oqoshomida Moskva markazida odam juda gavjum bo‘ladi. Qizil maydon, Tverskaya va boshqa markaziy ko‘chalarda sahnalar o‘rnatilib bepul konsertlar o‘tkaziladi. Ushbu sayllarda Rossiya regionlaridan va MDH mamlakatlaridan kelgan minglab mehmonlar qatnashadi.

 

Yangiliklar lentasi
0