Ekspert: AQShning taklifi ortida andishasiz “hisob-kitob” bor

© Commons.wikimedia / AgnosticPreachersKidAQSh Davlat departamenti binosi
AQSh Davlat departamenti binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Harbiy ekspert AQShning O‘zbekistonni xalqaro koalitsiyaga qo‘shilishga qilgan taklifi ortida puxta o‘ylangan “hisob-kitob” borligini aytdi.

 

TOShKENT, 24 dek — Sputnik, Mariya Sheludakova. AQSh O‘zbekistonga “Islom davlati”ga qarshi kurash uchun tuzilgan koalitsiyaga qo‘shilishni taklif qildi. Gap IDga qarshi kurashda O‘zbekistondan jangarilar va moliya oqimini cheklash haqida ketmoqda.

“Milliy mudofaa”  jurnali redaktori Igor Korochtenkovning  fikriga ko‘ra, AQShning ushbu taklifi ortida “hisob-kitob” bor.  AQSh O‘rta Osiyoda o‘zining harbiy ishtiriokini kuchaytirmoqchi.

E’lon qilingan betaraflik siyosatiga qaramasdan Toshkent AQSh va YeI bilan faol munosobatlar olib bormoqda.

Biroz oldin ma’lum bo‘lishiga qaraganda, AQSh O‘zbekiston va Qozig‘iston vakillari bilan 2016-yilning yanvarida maslahatlar o‘tkazishni rejalashirigan. Nega AQSh aynan hozir bunday taklif kiritayotgani hozircha ma’lum emas.

“Hoynahoy, AQSh ushbu taklifni o‘z manfaatni ko‘zlab qilgan. O‘zbekiston o‘zining harbiy-havo bazalarini AQSh Harbiy Havo kuchlari yoki uchuvchisiz samolyotlari uchun foydalanishga berishini xoxlayotgandir. Bu albatta O‘rta Osiyoda AQSh harbiy ishtirokini kengaytirgan bo‘lardi. Nima bo‘lganda ham bu yerda AQSh o‘z manfaati yo‘lida harakat qilmoqda, terrorchilkka qarshi kurash uchun emas, dedi Korotchenko.

Mutaxasis AQSh boshchiligidagi koalitsiya IDga qarshi kurashda, bir yil davomida htch qanday natijaga erishmaganini, “Islom davlati”ga tegishli bo‘lgan neft oqimlarini cheklash uchun ham hech narsa qilinmaganini esga soldi.

“Nima bo‘lganda ham biz bir narsani aniq tushunishimiz kerak – AQShninshg har qanday, eng oliyjanob takliflari ortida ham, doimo, juda puxta o‘ylangan, andishasiz “hisob-kitob” bor”, dedi harbiy ekspert.

2001 yil 11-sentabrda Nyu Yorkda sodir bo‘lgan teraktlardan keyin AQSh Afg‘onistondagi Al-Qoidaga zarba berish maqsadida O‘zbekistondan Xonobod harbiy earodromdan foydalashga ruxsat olgan edi. 2005-yilda, Andijon voqealari tufayli, AQSh O‘zbekiston rahbariyatini tanqid ostiga oldi. O‘zbekiston bunga javoban Xonobod bazasini yopishga qaror qildi.

 

Yangiliklar lentasi
0