Madaniyat

Lolaga litsenziyasi qaytarildi

© lolaYoʻldosheva Lola Ravshanbekovna. Xonanda.
Yoʻldosheva Lola Ravshanbekovna. Xonanda. - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Joriy yilning iyul oyida "Oʻzbeknavo" Lola Yoʻldoshevani litsenziyadan mahrum qilgan edi. Xonandaning oʻzbek mentalitetiga mos kelmaydigan, yoshlarga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi xatti-harakatlari bunga sabab qilib koʻrsatildi.

TOSHKENT, 25 dek — Sputnik. Litsenziyani qaytib olgan xonanda endilikda kontsert faoliyatini amalga oshirishi mumkin, xabar qildi Sputnik muxbiriga “Oʻzbeknavo”dan manba.

Xonandani litsenziyadan mahrum qilish qarori shu yil yozda eʼlon qilingan edi. “Biz bir emas, bir necha marotaba ogohlantirishimizga qaramay, xonanda ommani hayratga solishda davom etdi. Shu sabab, uni litsenziyadan mahrum qilish qarorini qabul qildik”, izoh beradi birlashma rahbarlaridan biri.

“Oʻzbeknavo” vakillarining soʻzlariga qaraganda, Lolaning oʻsha vaqtdagi sahna obrazi oʻzbek mentalitetiga mutlaqo yot boʻlgan. Uning ochiq-sochiq liboslari yoshlar ongini zaharlashga xizmat qilgan.  “Sanʼatkor – xalq odami. Shu bois, bu kasbni tanlaydiganlar, ushbu ulugʻ nomga loyiq boʻlmoqlari shart.  U oʻz zimmasidagi masʼuliyatni anglamogʻi darkor. 

Xonanda Shahzoda. - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Shahzoda: “Ijodimda tanaffusga vaqt yoʻq”

Sanʼatkor hayoti xalq koʻz oʻngida. Xalq ularni hamisha diqqat bilan kuzatadi. Ulardan oʻrnak olishadi. Mabodo, xonanda, sahnada yarim yalangʻoch holda namoyon boʻlib, kamiga, ijtimoiy tarmoqlarda shunday fotosuratlarini qoʻyar ekan, biz farzandlarimizni undan uzoqlashtirishimiz lozim. Bizda bunday hatti-harakatlar hazm qilinmaydi. Bizning mentalitetimiz boshqa”, — deydi suhbatdoshimiz.

"Biz Lola Yoʻldosheva bilan suhbat oʻtkazdik. U litsenziya shartlarini buzganligini tushuntirdik. Xonandaga yana bir marotaba sanʼatkorning xalq oldidagi maʼnaviy burchi haqida eslatdik. Natijada, u xatosini anglab yetdi, xulqini toʻgʻriladi. Bugungi kunda Lola Yoʻldoshevaga litsenziyasi qaytarilgan. U kontsert faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin”, xulosa qildi birlashma vakili.

Eslatib oʻtamiz, xonanda Lola Rossiyada Maya tahallusi bilan tanilgan. Unga mashhurlik keltirgan tarona “Muhabbatim” deb nomlanadi. Lola rus va oʻzbek tillarida qoʻshiqlar ijro etadi. 

2004 va 2005 yillarda “Eng yaxshi sahna libosi” va “Eng yaxshi xonanda” nominatsiyalarida "Tarona" mukofotini qoʻlga kiritgan. Turmushga chiqqach uzoq muddatga sahnani tark etgan Lola 2011 yilda yana shou-biznes olamiga qaytdi.

 

Yangiliklar lentasi
0