TOSHKENT, 25 dek — Sputnik. Yangi yil bayrami arafasida xavfsizlik choralari tadbirlari oʻtkazilmoqda, xabar beradi IIV inson huquqlarini himoya qilish va yuridik taʼminlash boshqarmasi boshligʻi Ilxom Turgʻunov.
“Tozalash” tadbiri davomida 7 millionga yaqin obʼyekt koʻzdan kechirilib, 191 mingdan ziyod huquqbuzarliklar aniqlandi. Qidiruvda boʻlgan bir qator jinoyatchilar qoʻlga olindi” Turgʻunov soʻzlaridan iqtibos keltiradi IIV matbuot-xizmati.
Huquqni muhofaza qilish xodimlari pirotexnika vositalari savdosining oldini olishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Yoʻl-patrul xizmati postlarida avtotransport vositalari nazorati kuchaytirilgan, turli tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan joylarda yoʻllar va yoʻl belgilari holati oʻrganilmoqda. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda, xabar qiladi IIV matbuot-xizmati.
Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida hamda boshqa viloyat shaharlarida xavfsizlik chora-tadbirlari kuchaytirilishi munosabati bilan Yangi yil arafasida va bayram kuni koʻngilochar muassasalar ish tartibiga baʼzi bir cheklovlar qoʻyildi. Jumladan, bayram arafasida va 31 dekabr kuni butun respublika boʻyicha bar, kafe, restoran va boshqa koʻngilochar muassasalar 23:00 ga qadar ishlashi haqida qaror eʼlon qilindi.