Siyosat

Atambayev Qirgʻiziston prezidentligi necha pul turishini aytdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka oʻtishQirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev.
Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev. - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qirgʻiziston rahbari oʻziga voris tayyorlamasligi haqida gapirar ekan, “bu lavozimni egallash uchun aytilgan pulni berishga tayyor kishilar koʻpligini” taʼkidladi.

TOSHKENT, 24 dek – Sputnik, Yuliya Orlova. Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev oʻziga oʻrinbosar tayyorlash niyati yoʻqligini maʼlum qildi. Ammo mamlakat himoyasi uchun konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritmoqchiligini maʼlum qildi.

"Oʻrnimga voris tayyorlamoqchi emasman. Prezident xalq tomonidan saylanishi kerak", — dedi Qirgʻiziston rahbari 2015 yil yakunlari boʻyicha oʻtkazilgan matbuot-anjumanida.

Atambayev, shuningdek, kelajakda Bosh vazir yoki spiker boʻlish niyati yoʻqligini aytib oʻtdi. “Ayni paytda ikki yildan soʻng oʻtkaziladigan saylovlarga tayyorgarlik ketyapti. Ammo hukumatni egallash uchun istalgan pulni berishga tayyorlar ham koʻp”, — taʼkidladi u.

Atambayevning fikricha, sobiq prezident Qurmanbek Boqiyev tarafdorlari hukumat rahbarligiga qaytib, davlatni oʻmarishni davom ettirmoqchi. “Bu juda xatarli. Mamlakatni ularga oʻxshaganlardan himoyalash kerak.Eslab koʻring, besh yil oldin mamlakatda jurnalistlarni osonlikcha urib yoki oʻldirib ketish mumkin edi. Ana shunday kimsalar bugun hukumat tepasiga qaytishni rejalashtiryapti”, — dedi Atambayev.

U shuningdek, konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritilishini maʼlum qildi. “Mamlakat boshqaruv shaklini tanlab olish lozim. U prezidentlik yoki parlament boshqaruvi boʻlishi mumkin. Agar parlament bu islohotlarimni qoʻllab-quvvatlamasa, toʻgʻridan-toʻgʻri xalqqa murojaat qilaman”, — dedi u.

Prezident shuningdek, “saylovlar chetdan kelayotgan pul evaziga oʻtkazilishi hech kimga sirmas”ligini taʼkidladi. Uning fikriga koʻra, mamlakatga ikki milliard dollar kiritilgan.

Prezident terrorchilar safida jang olib borayotganlarni fuqarolikdan mahrum qilishini aytdi. “"ID” safiga Qirgʻizistondan borib qoʻshilganlar 500ga yaqin. Bu jiddiy muammo. Fuqarolarimizning terrorchilar safiga qoʻshilganimas, balki, ular mamlakatga qaytib kelayotgani yomon. Terror yoʻlini tanladimi, ularga ortga yoʻl yoʻq. Ammo Konstitutsiyaga muvofiq, hozircha hech kimni fuqarolikdan mahrum qilolmaymiz. Buni oʻzgartirishimiz kerak”, dedi Atambayev.

 

Yangiliklar lentasi
0