Dunyoda

Ekspert: A321 fojiasida Qatar maxsus xizmatining “hissasi” bor

© MCHS RF / Mediabankka oʻtishMisrda aviahalokatga uchragan A321 layneri.
Misrda aviahalokatga uchragan A321 layneri. - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Sinay yarim oroli ustida halokatga uchragan Rossiya A321 fojiasiga aloqador boʻlinmalar aniqlandi. Harbiy ekspert Vladimir Yevseyev Sputnik radiosi efirida terakt ortida taxminan kim turishini aytdi.

TOSHKENT, 25 dek — Sputnik.Sinay yarim oroli ustida halokatga uchragan Rossiya A321 fojiasiga aloqador boʻlinmalar aniqlandi, xabar qiladi Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati boshligʻi Aleksandr Bortnikov.

"Fojia sabablari oʻrganilmoqda. U aynan kim tomonidan sodir etilgani haqida hozircha aniq  maʼlumot berolmayman. Bunda qaysi boʻlinmalar “qoʻli borligini” taxmin qilishim mumkin, xolos”, — dedi Bortnikov.

Harbiy ekspert Vladimir Yevseyev fikricha, A321 fojiasi Qatar maxsus xizmatining ishi boʻlishi mumkin. Misr harbiylari tufayli prezidentlikdan ketishga majbur boʻlgan Muhammad Mursi Qatar homiyligidagi “Musulmon birodarlar” aʼzosi boʻlgan. Qatar maxsus xizmati xodimlari Misrdan shu tariqa oʻch olganliklari ehtimolga yaqin.

U yoki bu davlat yoki maxsus xizmatning biron fojiaga aloqadorligini aniqlash uchun oʻsha mamlakat maxsus xizmati bilan aloqa oʻrnatish lozim”, — dedi Vladimir Yevseyev Sputnik radiosi efirida. Ekspertning aytishicha, Misr bu borada Rossiya bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga shoshilmayapti.

"Bir narsani tushunish kerak, biz hozircha ishtirokchimiz, xolos. Holatni nazorat qilganimiz yoʻq. Ikki mamlakat oʻrtasidagi charter parvozlar Misr aeroporti xavfsizlik tizimini nazorat qilish sharti bilan qayta yoʻlga qoʻyilishi mumkinligini aytganmiz.Ammo bunday hamkorlikka Qohira rasman rozi boʻlolmaydi. Mamlakatda terakt sodir etilmaganligi eʼlon qilingan, — dedi harbiy ekspert.

Ammo Misr oʻzaro munosabatlar ziddiylashuvini ham xohlamasligi aniq.

"Bu turizm sohasigagina taqalmaydi. Ikkinchi Suvaysh kanali boʻyicha loyihalar bor, Rossiya bu borada juda katta sarmoya kiritishi mumkin. Frantsiyada Rossiya uchun qurilgan “Mistral”ni ham aynan Misr sotib oldi”, – deydi harbiy ekspert.

Yevseyevning taʼkidlashicha, Misr ikki tomonlama aloqalar yaxshilanishidan manfaatdor. Ammo maxsus xizmat borasidagi hamkorlik bu boshqa masala. Saudiya Arabistonidan moddiy taʼminot olib turgan Misr mustaqil qaror qabul qilolmasligi turgan gap, taʼkidlaydi ekspert.

Eslatib oʻtamiz, 2015 yilning 31 oktyabr kuni “Kogalimavia” aviakompaniyasining Airbus-321 layneri Sharm-ash-Shayxdan Sankt-Peterburgga uchayotganda Misrda halokatga uchradi. Samolyot bortida boʻlgan 224 kishi (ekipaj aʼzolari bilan birga) halok boʻldi.

 

Yangiliklar lentasi
0