"O‘zbekiston havo yo‘llari" elektron chiptalar sotuvini yo‘lga qo‘ydi

© Commons.wikimedia"O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi samolyoti.
O‘zbekiston havo yo‘llari aviakompaniyasi samolyoti. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mamlakat ichki reyslariga elektron chiptalarni 5-yanvardan boshlab xarid qilish mumkin. Chiptalar to‘lovi plastik karta yordamida amalga oshiriladi. Chipta mijoz ko‘rsatgan elektron pochta manziliga yuboriladi.

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi mamlakat ichki reyslariga chiptalarni internet orqali buyurtma berish va xarid qilish xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Chiptalarni “O‘zbekiston havo yo‘llari” rasmiy saytida xarid qilish mumkin.

Reys va sana tanlanib, yo‘lovchi o‘z pasport ma’lumotlarini kiritgach, plastik karta yordamida to‘lovni amalga oshiradi. To‘lov amalga oshirilishi bilan chipta xaridor elektron pochta manziliga yuboriladi.

Aeroportda ro‘yxatdan o‘tish vaqtida qog‘ozga chiqarilgan chipta va pasport taqdim etilsa, kifoya. Chiptalar, eng kech, parvozdan uch soat oldin xarid qilinishi mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0