TOSHKENT, 28 dek — Sputnik. Bundan buyon ishlab chiqilayotgan normativ-huquq aktlar loyihalari – qonunlar, parlament, prezident va Vazirlar mahkamasi qarorlari, mahalliy hukumat organlari va vazirliklar normativ-aktlari antikorruptsion tekshiruvdan oʻtkaziladi, Lex.uz sayti xabari asosida.
Ushbu tekshiruv uslubi Oʻzbekiston Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqarildi.
Unda aytilishiga qaraganda, yangi metodikaning asosiy vazifasi – loyihalarda korruptsiya uchun imkon yaratishi mumkin boʻlgan holatlarni oldindan aniqlash va ularni bartaraf etish uchun kerakli maslahatlar berishdir.
Loyhani taʼriflovchi matn qisqa va loʻnda qilib va oddiy soʻzlar yordamida izohlanishi, unda ishlatilgan tushuncha va terminlar faqat bir xil tarzda, qonunlarda koʻrsatilgandek, talqin qilingan boʻlishi kerak. Epitet, metafora, chel el iboralari, eskirgan soʻzlar va iboralar ishlatilishi taʼqiqlanadi.
Antikorruptsion ekspertiza Oʻzbekiston Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Adliya vazirligi va Toshkent shahar Adliya boshqarmasi tomonidan, obʼyektiv va mustaqil tarzda amalga oshiriladi.