Qozog‘istonda qor bo‘roni tufayli favqulodda holat e’lon qilindi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishQor bo‘roni tufayli qor uyumida qolgan avtomobillar.
Qor bo‘roni tufayli qor uyumida qolgan avtomobillar. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonning ko‘pgina viloyatlarida seshanba kuni kuchli qor bo‘roni ro‘y berdi. Shamol tezligi soniyasiga 30 metrni tashkil qildi.

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotgan qor bo‘roni va yaxvonlik tufayli Qorag‘anda viloyatining Abay tumanida favqulodda holat elon qilindi, Qozog‘iston yangiliklari xabariga ko‘ra.

"Abay tumanida yuzaga kelgan holat tufayli tuman miqyosida favqulodda holat e’lon qilindi”, — deyiladi Qorag‘anda viloyatining Favqulodda Holatlar Departamenti xabarida.

Muassasada  ta’kidlashlaricha tabiatdagi “nosozliklar” natijasida, Qorag‘anda viloyatining respublika va viloyat miqyosida ahamiyatga molik avtomobil yo‘llarida murakkab vaziyat ro‘y bergan. Qor uyumlari vujudga kelib, transport vositalari tirbandliklarda qolishi holatlari kuzatilmoqda. Tuman ma’muriyati xodimlari trassalarda tirbandliklarda turib qolganlarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlamoqda. Furalarda tashilayotgan jonivorlarga ham yemish yetkazib berilyapti.

FHD ma’lumotiga ko‘ra, 23dekabrdan 28-dekabrga qadar ob-havo keskinlashuvi natijasida Qorag‘andaning favqulodda holatlar uchun mo‘ljallangan “112” telefon raqamiga aholi tomonidan 5 mingga yaqin qo‘ng‘iroqlar bo‘lgan.

Shu paytgacha, 337ta yengil va yuk mashinalari, 20 ta avtobus, 188ga yaqin kishi, shu jumladan 10 nafar bola qor uyumlaridan qutqarilgan. 365 nafarga yaqin kishi evakuatsiya qilingan.

Ostona aeroportida ikkita reys kechiktirildi. Qorag‘anda viloyatida o‘nta yo‘lovchilarni tashuvchi poyezd harakati to‘xtatildi. Ostona shahrida maktabning 1-9 sinf o‘quvchilari uchun mashg‘ulotlar bekor qilindi.

Yangiliklar lentasi
0