Dunyoda

Iroq harbiylari ID “moliya vaziri”ni qoʻlga olganliklarini xabar qilmoqda

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Fotobankka oʻtishAsirga olingan ID jangarilari
Asirga olingan ID jangarilari - Sputnik Oʻzbekiston
Iroq harbiy axborot byurosi xabariga koʻra, ID “moliya vaziri” Ramadi shahrida oddiy odamlar orasiga yashirinmoqchi boʻlganda asirga olingan.

TOSHKENT, 29 dek — Sputnik. Iroq harbiylari Er-Ramadi shahrida ID “moliya vaziri” boʻlgan terrorchini qoʻlga olishdi, harbiy qoʻmondonlik axborot byurosi xabariga koʻra.

“Er-Ramadi aholisi harbiylarga IDning “moliya vaziri” shaharda, oddiy aholi orasida yashirinib yurganini, terrorchilar magʻlub boʻlganidan keyin qochmoqchi boʻlganini xabar berishgan. U qamoqqa olindi”, — deyilgan harbiylar Facebookdagi sahifasida bergan xabarida.    

Dushanba kuni Iroq harbiylari Er-Ramadi shahrini toʻliq ozod qilinganini xabar berdi. Keyinchalik Anbar viloyati gubernatori shahar 80% ga ozod qilinganligini taʼkidladi. Shu oʻrinda AQSH Davlat kotibi Jon Kerri ham Er-Ramadining bir qismi jangarilardan ozod qilinmaganini xabar berdi.

Hozirgi kunda ID dunyo tinchiligiga xavf solayotgan eng kata xavflardan biri boʻlib qolmoqda. Uch yil mobaynida terrorchilar Iroq va Suriya hududidan katta maydonlarni egallab olishdi. Undan tashqari ID jangarilari Shimoliy Afrika da ham oʻz taʼsirini kuchaytirishga ulgurishdi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala