O‘zbekistonda 1-martdan boshlab yangi yo‘l qoidalari kuchga kiradi

Obuna bo‘lish
Yangi hujjatga ko‘ra avtobus, motosikl va mopedlar kunduz kuni ham chiroqlarini yoqib harakatlanishi kerak bo‘ladi.

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi 2016-yil 1-martdan boshlab yo‘l harakati qoidalariga o‘zgarishlar kiritadi. Bu haqda Gazeta.uz xabar bermoqda.

Nashrda yozilishicha, informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va yo‘llarda avtotransport soni ko‘payishi munosobati bilan yo‘l harakati qoidalariga bunday o‘zgarishlar kiritish zarurati tug‘ilgan.

Yangi qonunlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Mahkamasi, viloyat va Toshkent shahar hokimiyatlari aholi mahalliy yo‘llarda, mustaqil ravishda ruxsat berilgan tezlik chegarasini o‘rnatish huquqiga ega bo‘ladilar, agar tezlik 70 km/soatdan yuqori bo‘lsa.

YH qoidabuzarliklarini qayd qilish markazi - Sputnik O‘zbekiston
YHQ buzish videoqayd qilinganda o‘zgacha tartibda ko‘rib chiqiladi

Aholi yashash hududlarida, uylar va uning atrofidagi yo‘llarda tezlik 30 kilometrdan oshmasligi kerakligi ham ta’kidlangan.  

YHQning yangi nashrida videoregistrator va navigartorlar ishlatish haqida ham aytib o‘tilgan. Faqat transport vositasining old qismiga o‘ratilgan videoregistratorlar va navigatorlar haydovchining yo‘l vaziyatini nazorat qilishga xalal bermasligi kerak va harakai vaqtida videoko‘rstauvlar tomosha qilish ta’qiqlanadi.

Undan tashqari, bundan buyon haydovchi yo‘lovchilarni harakat boshlanishi dan oldin xavfsizlik kamarini taqish haqida ogohlantirishi kerak.

Yana bir yangilik: avtoubslar, yo‘nalishli transport vositalari, motosikllar va mopedlar kunduz kuni ham yoritish chiroqlarini yoqib harakatlanishi kerak.

Gazeta xabariga ko‘ra, YHning yangi qoidalari bir oy ichida rasman ma’lum qilinishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0