Dunyo rahbarlari O‘zbekiston Prezidentiga Yangi yil tabrigini yo‘llashmoqda

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tabriknomalarda Yurtboshimiz va O‘zbekiston xalqiga baxt-saodat, sihat-salomatlik va yangidan-yangi muvaffaqiyatlar izhor etilgan.

TOShKENT, 30 dek — Sputnik.  Yangi – 2016-yil munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va chet el yetakchi kompaniyalarining rahbarlari, jamoat arboblari Yurtboshimiz va O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, sihat-salomatlik, baxt-saodat va yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilab, o‘zlarining ezgu niyatlari izhor etilgan samimiy qutlovlarini yo‘llashda davom etmoqda, «Gazeta.uz» xabariga ko‘ra.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Barak Obama, Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xe, Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalif bin Zaid Al Naxayon, vitse-prezident, BAA Bosh vaziri, Dubay amirligi rahbari Shayx Muhammad bin Rashid Al Mahtum, BAA Qurolli Kuchlari Bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, shahzoda Abu Dabi Shayx Muhammad bin Zaid Al Naxayon o‘z tabriknomalarini yo‘llaganlar.

Bundan tashqari BAA Bosh vaziri o‘rinbosari, BAA Ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zaid Al Naxayon, Ispaniya Qiroli Felipe VI, Polsha Prezidenti Anjay Duda, Kanada general-gubernatori Devid Lloyd Jonston, Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov, Tojikiston Prezidenti  Emomali Rahmon, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayev, va boshqalar o‘z tabriknomalarini yo‘llaganlar.

Tabriknomalar kelishi davom etmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0