Dunyoda

Turkiya va Saudiya Arabistoni Rossiyaga qarshi birlashmoqda

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishTurkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻon.
Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻon. - Sputnik Oʻzbekiston
Turkiya prezidenti Rajab Erdoʻgʻonning “ID” terrorchilariga qarshi shaxsiy koalitsiya tashkil qilgan davlat - Saudiya Arabistoniga safari davom etmoqda. Siyosatshunos Araik Stepanyan fikricha, Anqara va Ar-Riyod Moskvaga qarshi birlashmoqda.

TOSHKENT, 30 dek — Sputnik.  Turkiya prezidenti Rajab Erdoʻgʻonning “ID” terrorchilariga qarshi shaxsiy koalitsiya tashkil qilgan davlat — Saudiya Arabistoniga safari davom etmoqda, RIA-Novosti xabariga koʻra.

Ekspertlar taʼkidlashlaricha, Ar-Riyod  tuzgan alyans zamirida Rossiyaga qarshi siyosat yotganini ilgʻab olish qiyinmas. Koalitsiya Suriya prezidenti Bashar Asad hukumatini yoʻq qilishni bosh maqsad qilib olgan. Turkiya hukumati uchun esa bu ayni muddao.

Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni va Turkiya strategik hamkorlik boʻyicha Kengash tashkil qilish niyatida. Bu Anqara va Ar-Riyod oʻrtasidagi ikkiyoqlama munosabatlarda muhim bosqich boʻlishi kutilmoqda.

Geosiyosiy muammolar Akademiyasi prezidiumi aʼzosi va masʼul kotibi, siyosatshunos Araik Stepanyan Saudiya Arabistoni Rossiya va Turkiya munosabatlaridagi ziddiyatdan foydalanyapti, deya taʼkidlamoqda.

"Saudiya Arabistoni ittifoqdoshga muhtoj. Arab Amirligi, Bahrayn yoki Qatar singari mayda davlatlar bu rolga toʻgʻri kelmaydi. Saudiya Arabistoniga katta harbiy kuch kerak. Sababi, mamlakat qurolli kuchlari harbiy muammolarni yechishga qodir emas. Shu bois, Saudiya Arabistoni Turkiya bilan doʻstlashib, oʻz koʻnglini hotirjam qilib oldi. Turkiya bu borada oʻziga ittifoqdosh ekanini u allaqachon fahmlagan. Saudiya Arabistoni rahbariyati va Turkiya davlati rahbarlari qoʻrquv iskanjasida, ularning xayolicha har burchakda “ruscha tahdid” yashiringan. Bundan tashqari, bu mamlakatlarning ichki siyosatida ziddiyatli muammolar juda koʻp. Davlat rahbarlari oʻz rejimi kelajagidan havotirdaligi shubhasiz. Rossiya-Turkiya munosabatlaridagi ziddiyatdan Erdoʻgʻon tahlikaga tushib qolgani kaftdek namoyon. Turkiya prezidenti Rossiya oʻch olishidan qoʻrqyapti. Shu bois ham, bu ikki davlat strategik ittifoq tuzishga qaror qildi”, — dedi Araik Stepanyan Sputnik radiosi efirida.

"Rossiya Suriyada olib borgan terrorchilarga qarshi kampaniyasida samaradorligini namoyon qildi. Shu bois, bu urushda Rossiya yetakchi rolga chiqib olishi ularni havotirga solyapti”, — hisoblaydi siyosatshunos.

Ammo Stepanyanning fikricha Turkiya va Saudiya Arabistoni hech qanday harbiy ittifoq tuza olmaydilar.  

"Fikrimcha, ular harbiy ittifoq tuzolmaydi. Turkiya — Nato aʼzosi. Alyans tarkibiga kiruvchi mamlakatlar esa NATOga qoʻshilmagan davlat bilan harbiy ittifoq tuzishga haqli emas. Bordiyu Turkiya qurollangan mojaroga aralashib qolsa, oʻrtaga NATO tushishi kerak boʻladi. Bu yevropaliklarga zarilmi? Fikrimcha, yoʻq. Turkiya oʻziga istagancha ittifoqdosh topishi mumkin, lekin ular orasida harbiy ittifoqdosh boʻlmaydi”, — xulosa qildi Araik Stepanyan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala