Rossiyada 1-yanvardan boshqa tashkilot ishchilarini yollash ta’qiqlanadi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishMehnat agentligi
Mehnat agentligi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qabul qilingan federal qonunga binoan Rossiyada 2016-yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxslar uchun boshqa tashkilot ishchilarini yollash ta’qiqlanadi.

TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Rossiyada 2016-yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxslar uchun boshqa takilot ishchilarini yollash ta’qiqlanadi.

Oldin yuridik shaxslar boshqa tashkilot ishchilarini doimiy ravishda yollab ishlatish huquqiga ega edilar. Bu ularga soliq, oylik maoshlarini iyejashda va kadrlar boshqaruvni osonlashtirishda yordam berar edi.

2016 yil 1-yanvardan kuchga kirgan FZ-116 sonli federal qonunga binoan, yuridik shaxslar uchun boshqa tashkilot ishchilarini yollash ta’qiqlangan.

Rossiya Mehnat vazirligi ta’kidlashiga ko‘ra, ushbu qonun bir tashkilot ishchilarini boshqa tashkilotga ishlash uchun yuborish holatlarini, kadrlar agentliklari faoliyatini tartibga soladi. 

Yangi qonunga ko‘ra, yuridik yoki jismoniy shaxslar kadrlar agentliklari tomonidan ishchilar boshqa boshqa tashkilotlarga yuborilganda, ishchilar bilan mehnat shartnomasi imzolash huquqiga ega bo‘ladilar. Bunday holatlarga xususan: jismoniy shaxslarning shaxsiy ehtiyojlari va uy ishlarini bajarish uchun ishchi yuborish, vaqtinchalik ta’tilda bo‘lgan doimiy ishchilar o‘rnini bosish uchun vaqtincha yollash holatlari kiradi.

Yangi qonunga binoan kadrlar agentliklari boshqa tashkilotlarga ishchilarni muddati 9 oygacha bo‘lgan, vaqtinchalik yoki mavsumiy xususiyatga ega bo‘lgan ishlarni bajarish uchun ham yuborishi mumkin. Bunday ishlarga faqat alohida toifadagi ishchilar yuborilishi mumkin: kunduzgi bo‘limda o‘qiydigan talabalar, ko‘p bolali ota-onalar va qamoq jazosidan ozod qilingan shaxslar kiradi.

Kadrlar agentlklari va boshqa tashkilotlar tomonidan ishchilar yollash qat’iyan ta’qiqlangan holatlarg quyidagilar kiradi: korxona bankrotligi e’lon qilingan vaqtda, korxona qisqartirilgan ish kuniga o‘tgan holatlarda,  doimiy yollangan ishchilar ish tashalashi (zabastovka) qilishi yoki ishni bajarishdan voz kechishi yoki ularning ish haqi 15 kundan kechiktirilishi holatlarida.

Shu qatorda, Rossiya hukumati tomonidan, ishlab chiqarish zararli yoki xavfli deb tan olingan korxonalarda ham yollangan ishchilar mehnatidan foydalanish ta’qiqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0