"O‘zbekiston" telekanali suxandoni Abdumo‘min O‘tbosarov olamdan o‘tdi

© Muslimbek Yuldashev/FacebookAbdumumin Utbosarov O‘zbekiston televideniyesi suxandoni
Abdumumin Utbosarov O‘zbekiston televideniyesi suxandoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abdumo‘min O‘tbosarov 1-yanvar kuni olamdan o‘tdi.

TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Bugun 1-yanvar kuni, "O‘zbekiston" telekanali suxondoni Abdumo‘min O‘tbosarov olamdan o‘tdi.

Bu haqda Muslimbek Yo‘ldoshev o‘zining feysbukdagi sahifasida xabar berdi.

"Azizlar, qadrdonlar. Mening do‘stim, qadrdonim, yurtimizning jafokash bir sanatkori — O‘zbekiston xalq artisti, oliy toifali suxandon Abdumo‘min O‘tbosarov 56 yoshida to‘satdan olamdan o‘tdi. Yaqinlariga chiroyli sabr so‘raylik, biladiganlarimiz esa uning haqqiga ikki kalima quron tilovat baxshida qilaylik…
Olloh, o‘zing rahmatingga ol!..
" — deyilgan xabarda.

Abdumo‘min O‘tbosarov 1960-yil 24-aprelda tug‘ilgan. Ko‘p yillar davomida O‘tbosarov O‘zbekiston televideniyesida suxandon bo‘lib ishlab kelgan.


Yangiliklar lentasi
0