Pokiston chegarisiga yaqin joylashgan Hindiston aviabazasiga hujum uyushtirildi

© Sputnik / Press-slujba VS Izrailya / Mediabankka o‘tishMaxsus qismlar o‘quv-mashg‘ulotlari, Isroil
Maxsus qismlar o‘quv-mashg‘ulotlari, Isroil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir guruh qurollangan jangarilar Hindiston aviabazsiga hujum uyushtirishdi. Oqibatda ikki askar halok bo‘ldi, to‘rt jangari yo‘q qilindi.

TOShKENT, 2 yanv, Sputnik. Tish-tirnog‘igacha qurollangan, bir guruh jangarilar Pokiston chegarasiga yaqin joyda joylashgan Hindiston aviabazsiga hujum uyushtirishdi, RIA Novosti mahalliy OAV xabarlariga asosan.

Panjob shtatining Patxankot shahrida joylashgan aviabazaga AK-47 avtomatlari bilan qurollangan, To‘rt kishidan iborat terrorchi guruh tong soat 03:30 da hujum uyushtirishdi.

"Djaish-e-Muxammad" guruhiga kiruvchi jangarilar aviabaza hududiga politsiya boshlig‘ining avtomobilda kirib kelishgan.

Oxirgi xabarlarga ko‘ra, 4 jangaridan iborat terrorchi guruh yo‘q qilingan. Aviabazani himoya qilgan askarlardan 2 kishi qurbon bo‘lgan va 5 kishi jarohatlangan.

Politsiya xabariga ko‘ra, juma kuni ertalab terrorchilar politsiya boshlig‘ini va uning avtomobilini o‘g‘irlab ketishgan. Og‘ir jarohat olishiga qaramasdan, zobit tirik qolgan va guvohlik bermoqda.

Hozirgi vaqtga kelib jangovor harakatlar yakunlangan, lekin aviabaza hududi hali tozalanmagan.

Bazada joylashtirilgan samolyot va vertoletlarga zarar yetkizilmagan.

Yangiliklar lentasi
0