Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar 15%ga oshishi kutilmoqda

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident Islom Karimov butun O‘zbekiston xalqini kirib kelgan 2016-yil bilan tabriklab, dunyoda davom etayotgan global moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qaramasdan, o‘zbekiston aholisi turmush tarzini yanada yaxshilashga va’da berdi.

TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. Prezident Islom Karimov o‘zining Yangi yil tabrigi murojaatida, 2016-yilda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalarning miqdori 15%ga oshirishga va’da berdi.

Prezidentimizning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekiston 2016-yilda bir qator jiddiy muammo va to‘siqlarni yengib o‘tishi lozim. Dunyoda davom etayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz, dunyo bozorlarida vaziyat noaniq bo‘lib qolayotgani, tobora kuchayib borayotgan terrorizm va ekstremizm balosi shular jumlasidandir.

“Bunday vaziyatga qaramasdan, bizning prognoz va hisob-kitobimiz shuni ko‘rsatadiki, kirib kelayotgan 2016-yilda iqtisodiyotimizning o‘sish sur’atlari 7,8 foizga, aholining jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlari 9,5 foizga, ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalarning miqdori turli manbalar hisobidan 15 foizga oshishi kutilmoqda”, ta’kidladi Yurtboshimiz.

Bundan tashqari, 2016-yilda ilmu fan, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport tarmoqlarini o‘zida mujassam etgan ijtimoiy sohani rivojlantirishga sarflanadigan mablag‘lar davlat budjeti umumiy xarajatlarining 59,1 foizini tashkil etishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0