"O‘zbeknavo": Biz artistlarni simfonik orkestrlar bilan “do‘stlashtiramiz”

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishKlassik ariya ijro etish
Klassik ariya ijro etish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbeknavo" o‘zbek artistlarining ijro darajasini oshirish maqsadida ularni simfonik orkestrlar bilan hamkorlik qilishga undamoqchi.

TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Yangi yil boshidan buyon estrada artistlarini jonli kuylash uchun rag‘batlantirish ishlari boshlanadi, deb xabar berishdi “O‘zbeknavoda” Sputnik muxbiriga.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, bugungi kunda fonogramma davr talabiga aylanib qolishining sababi —  bu uning qo‘shiq ijro qilish jarayonini arzonlashtirish vositasi bo‘lganligidir. Har qanday artist ham estrada-simfonik orkestr bilan birgalikda kuylashga mablag‘i yetmaydi.

 

“To‘laqonli birinchi kategoriyali estrada-simfonik orkestri 101 musiqachidan tashkil topgan bo‘ladi. Qanday ijrochining bunaqa guruh blan birgalikda kuylashga mablag‘i yetadi? Orkestrdagi har bir musiqachiga pul to‘lash kerak bo‘ladiku. Shuning uchun hofizlar ko‘pincha studiyada qo‘shiqsiz musiqa (minusovka) yozdirib olishadi. Lekin, ba’zan “plyus-fonogramma”lar ham uchrab turadi, ya’ni artistlar jonli ovozda kuylamasliq holatlari. Biz hozir ushbu vaziyatdan chiqish choralarini izlayapmiz. Artistlarni jonli kuylashga undash choralarini izlayapmiz”, — dedi “O‘zbeknavo” vakili.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, bugungi kunda fonogrammalarni ishlatish bo‘yicha respublikada hech qanday rasmiy talab yo‘q. Vaholanki, mustaqillikdan keyin salkam 25-yil o‘tdi, ushbu vaqt ichida artistlarning sahnadagi ijro sifati bilan ham “hisob-kitob” qilish vaqti keldi. Hofizlarning professional kuylash darajasini oshirish kerak. Sifati past qo‘shiqlar bilan estradani to‘ldirmasdan, haqiqiy talantlarga yo‘l ochib berish kerak. O‘zbekistonda, xudoga shukur, shunday ijrochilar yetarli.

“Bizda ajoyib orkestrlar, musiqachilar bor. Hozirgi kunda ular artistlar bilan kam ishlab, ko‘proq restoranlarda ijro qilishayotgani tufayli, biz sahnadan “fonogramma”li qo‘shiqlar eshitayapmiz. Jonli musiqa va jonli ijro san’atidan uzoqlashib ketmoqdamiz. 

Shuning sababdan ham biz estrada aristlarini mumtoz musiqa estrada-simfonik orkestrlari bian “do‘stlashtirmoqchimi”. Natijada bizning tomoshabin faqat jonli musiqali va jonli ijroli konsertlarga borish imkoniga ega bo‘ladi”, — deb o‘z fikrini bildirdi suhbatosh.

Mustaqillik tantanalari. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek san’atkorlariga konsert oldidan “shov-shuv” ko‘tarish ta’qiqlandi

Tomoshabin soxta ijrodan charchaganini tasdqlovchi omil sifatida, “O‘zbeknavo” vakili shunday misol keltirdi. Yaqinda, dekabrda, Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida maqom kechasi bo‘lib o‘tdi. U yerda faqat jonli musiqa va jonli ovozlarda o‘zbek milliy qo‘shiqlari ijro etildi. Biletlar yaxshi sotilib,  4 ming kishilik zal tomoshabinga to‘la edi. Maqom bu murakkab san’at turi, ommaviy emasligiga qaramasdan 2,5 soat davom etgan konsert vaqtida, hech kim zalni tark etmadi, hamma qiziqib tingladi.  

Shu bilan bir vaqtda, mutaxassis, estradadagi muammolar ham sekin sekin hal qilinishiga va’da berdi. Barcha muammolar hal qilinmasada, ma’lum yaxshilanish albatta bo‘ladi, deb va’da berdi “O‘zbeknavo” vakili.  

 

Yangiliklar lentasi
0