Jamiyat

"Oʻzbektelekom" 5 fevralga qadar internet yaxshi ishlamasligi haqida ogohlantirdi

Kompaniya bir oy davomida hamkorlar tarmoqlarida profilaktika ishlarini olib boradi, shu bois mamlakat hududida internet faoliyatida maʼlum toʻxtashlar roʻy berishi mumkin, deyiladi “Oʻzbektelekom” saytida.

Eslatib oʻtamiz, “Oʻzbektelekom” Aktsiyadorlik kompaniyasi oʻz tarmogʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasi barcha hududlarini qamrab olgan katta telekommunikatsiyalar operatori hisoblanadi.

Zamonaviy texnologiyalar asosida qurilgan telekommunikatsiya tarmogʻidan foydalanib, kompaniya quyidagi xizmatlarni taqdim etadi: qayd etilgan va mobil aloqa operatorlari hamda provayderlari kanallarini ijaraga berish; xalqaro va shaharlararo aloqa; ovozli aloqa va maʼlumotlar uzatish barcha xizmat turlarini taqdim etadi; internetga ulanish, videokonferensaloqa va boshqalar..

Bundan tashqari, kompaniya davlat tuzilmalari va idoralari uchun eng katta telekommunikatsiya xizmatlari yetkazib beruvchi boʻlib hisoblanadi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala