Turkiya Rossiya ustidan xalqaro sudlarga arz qilmoqchi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishTurkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on.
Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish

 

TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Turkiya o‘ziga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar tufayli Rossiya ustidan Butunjahon savdo tashkiloti va xalqaro sudlarga arz qilmoqchi. Bu haqda Daily Sabah nashriga Turkiya Iqtisod vaziri Mustafa Elitosh xabar qilgan, RIA Novosti ma’lumoti asosida.

"Biz sanksiyalar tufayli jabr ko‘rganlarning haq-huquqlarini xalqaro sudlar orqali tiklaymiz”, — ta’kidladi Elitosh. Vazirning so‘zlariga qaraganda, Turkiya hozirda barcha kerakli isbot-dalillarni to‘plamoqda.

Nashrda yozilishicha, Rossiya ustidan arz qilmoqchi bo‘layotgan Turkiya davlatining “zahira rejasi” ham mavjud. Mamlakat o‘zi yetishtiradigan mahsulotlarni endilikda Keniya, Nigeriya va boshqa Afrika mamlakatlari bozorlariga yo‘naltirmoqchi.

Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on. - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya va Saudiya Arabistoni Rossiyaga qarshi birlashmoqda

Turk qiruvchi samolyoti tomonidan Rossiya Su-24 bombardimonchisining urib tushirilishi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda “muzlik davri”ni boshlab bergan edi. Turkiya tomonidan sodir etilgan ushbu harakatni “orqadan berilgan zarba” deb baholagan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyaga qarshi bir qancha iqtisodiy choralar qo‘llash to‘g‘risida Farmon chiqardi.

Jumladan, 2016-yilning 1-yanvaridan boshlab Turkiyadan eksport qilinadigan bir qator oziq-ovqat mahsulotlari mamlakat hududiga olib kirilishiga cheklov qo‘yildi, Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi vizasiz tartib hamda charter parvozlar bekor qilindi. Bundan tashqari, 2016-yilning 1-yanvaridan boshlab Rossiyalik ish beruvchilarga Turkiya fuqaroliliga ega shaxslarni ishga yollash ta’qiqlandi.

 

Yangiliklar lentasi
0