Dunyoda

Eronlik siyosatchi: Amerika Saudiya Arabistonini toʻxtatishi shart

© AP Photo / Khalid MohammedSaudiya Arabistoni qiroli Abdulla ibn Abdul-Aziz Al Saud.
Saudiya Arabistoni qiroli Abdulla ibn Abdul-Aziz Al Saud. - Sputnik Oʻzbekiston
“Saudiyachilar nazoratni yoʻqotib qoʻydi”, dedi Amerika-Eron kengashi rahbari Xushang Amirahmadiy, Saudiya Arabistonida 47 kishining qatl etilgani haqida oʻz fikrini bildirar ekan.

TOSHKENT, 4 yanv — Sputnik.  Ommaviy qatl oʻtkazgan Saudiya Arabistoniga qarshi AQSH chora koʻrishi shart, hisoblaydi siyosiy sharhlovchi, Amerika-Eron kengashi rahbari Xushang Amirahmadiy.  U bu haqda RTga bergan intervyusida maʼlum qilgan, RIA Novosti xabariga koʻra.
2 yanvar kuni Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi 47 kishining(shu jumladan taniqli shia targʻibotchisi Nimr an-Nimrning) qatl etilishi haqida eʼlon qilgan edi.
Siyosatchining taʼkidiga koʻra, shia imomiga nisbatan qattiq adolatsizlik qilishgan.

"U (an-Nimr – tahr.) qirollikdagi shialar haq-huquqini himoya qilgan, lekin mamlakat tartibini oʻzgartirish uning rejasida yoʻq edi. U terrorchi emasdi va Saudiya Arabistoni hukumatiga an-Nimr tomondan hech qanday tahdid boʻlmagan. Shu bois, amalga oshirilgan qatlni maʼnisiz deb hisoblayman. AQSH Ar-Riyod hatti-harakatini ogʻzaki tanqid qilib qoʻymay, unga qarshi amalda choralar koʻrishi lozim”, — taʼkidladi siyosatshunos.

Amirahmadiyning fikricha, Saudiyachilar oxirgi kunlarda butkul nazoratdan chiqib ketdi. Ular Yaman va Bahraynda shialar yetakchilarini hamda oddiy shialarni oʻldirmoqda.
"Ularni toʻxtatish lozim. Meni fikrimcha, AQSH hukumati Saudiya Arabistoniga u boshqa bunday davom ettira olmasligini aniq koʻrsatishi kerak”, — taʼkidladi ekspert.

Musulmonlar qabristoni. XV asr. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Shia imomi an-Nimr tanasi oilasiga berilmadi

Amirahmadiyning fikricha, gap Saudiya arabistoni va Eron oʻrtasidagi kelishmovchilik haqida borayotgani yoʻq. “Bu shia va sunniylar oʻrtasidagi mojaro”, —dedi u.
"Islom dunyosi 1,6 milliard kishidan tashkil topgan, ularning aksariyati sunniylardir. Afsuski, dunyoni larzaga solib kelayotgan terrorchilar ham sunniylardan tashkil topgan", — taʼkidlaydi siyosatshunos.
Amirahmadiyning soʻzlariga qaraganda, hech qaysi hukumat ushbu muammoga eʼtiborsiz qarashi mumkinmas. Ikki mamlakat oʻrtasidagi qarshilikni bartaraf etish lozim, chunki ular salkam urush yoqasida turishibdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala