TOSHKENT, 5 yanv — Sputnik. “Saudiya Arabistoni va Eron oʻrtasidagi munosabatlar Tehron boshqa mamlakatlar, shu jumladan bizning qirolligimiz ichki ishlariga aralashishni toʻxtatgan taqdirdagina qayta tiklanishi mumkin”, — dedi Saudiya Arabistonining BMTdagi doimiy vakili Abdulla Al-Muallimiy, RIA Novosti Reyter xabari asosida.
Oʻtgan hafta shanba kuni Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi 47 kishi, shu jumladan, shia targʻibotchisi Nimr an-Nimrning qatl etilishi haqida eʼlon qilgan edi. Imomning qatl etilishi haqidagi xabar shia siyosiy va diniy arboblarini qattiq gʻazabga keltirdi va natijada ommaviy norozilik namoyishlari boshlanib ketdi. Bu holat Ar-Riyod va Tehron oʻrtasida diplomatik munosabatlar batamom uzilishiga sabab boʻldi.