Internet orqali doimiy propiskadan o‘tish haqidagi xabarga tuzatish kiritildi

Obuna bo‘lish
Dushanba kuni interaktiv xizmatlar portalida doimiy propiskadan o‘tish uchun onlayn-ariza tashlash imkoni mavjudligi haqida xabar berilgan edi. Sal kechroq bu yangilikka o‘zgartirish kiritildi.

TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Endilikda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ro‘yhatga qo‘yish va ro‘yhatdan chiqarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar namunalarini Yangi interaktiv xizmat portalidan olish imkoniga egadirlar.

O‘zbekiston fuqarosi pasporti. - Sputnik O‘zbekiston
Endi internet orqali doimiy propiskadan o‘tish mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yangi interaktiv xizmati O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ro‘yhatga qo‘yish va ro‘yhatdan chiqarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar namunalarini olish imkoniyatini beradi.

Ushbu xizmatning natijasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ro‘yhatga qo‘yish va ro‘yhatdan chiqarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar namunalarini olish bo‘lib hisoblanadi.

Hujjatlar namunalarini olish uchun pasportning skaner qilingan nusxasini yuklash kerak bo‘ladi.

Dushanba kuni ushbu portal doimiy propiskadan o‘tish uchun onlayn-ariza tashlash imkoni mavjudligi haqida xabar bergan edi. Sal kechroq bu yangilikka o‘zgartirish kiritildi.

 

Yangiliklar lentasi
0