Dunyoda

“Sharli Ebdo” oʻzining yangi karikaturasini “Qotil Xudo” deb nomladi

© Sputnik / Anton Denisov / Fotobankka oʻtishFrantsiyaning Charlie Hebdo satirik jurnali.
Frantsiyaning Charlie Hebdo satirik jurnali. - Sputnik Oʻzbekiston
Nashrning maxsus soni bir million nusxada chop etilishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 5 yanv — Sputnik. “Sharli Ebdo” jurnali tahririyatiga hujum uyushtirilganiga bir yil boʻlgani munosabati bilan tahririyat xodimlari muqovada jurnalistlar oʻlimiga sababchi aybdor suratini chop etishga qaror qildilar.

Nashrning yangi soni 6 yanvarda sotuvga chiqadi. BFM TV telekanali maʼlumotiga koʻra, muqovada Xudoning umumlashtirilgan qiyofasi chop etilgan. U soqolli, qon sachragan kiyimda va yelkasida Kalashnikov avtomati bilan tasvirlangan.

"Oradan bir yil oʻtdi, qotil esa hamon ozodlikda", — deya izoh berilgan karikaturaga. Karikatura muallifi tahririyat rahbari Loran Surisso.

Maxsus sonning bosh maqolasida jurnalistlar “din ustidan kulishga jazm qilgani uchun” tahririyatni yoʻq qilishga ahd qilgan din mutaassiblarini yomonlashgan.

Dinga qarshi siyosat olib boruvchi nashr oʻzining haqoratomuz karikaturalari “qahramonlari” sifatida katolik cherkovlar kardinallari, Rim papasi va davlat rahbarlarini tanlaydilar. Ammo jurnalni dunyoga mashhur qilgan karikatura bu Muhammad paygʻambarning suratlari boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, Charlie Hebdo tahririyatiga oʻtgan yilning 7 yanvarida hujum uyushtirilgan edi. Qurollangan ikki jinoyatchi tahririyatga bostirib kirib, odamlarga qarata oʻq ochgan. Natijada 12 kishi halok boʻlgan, jinoyatchilar voqea joyidan qochishga muvaffaq boʻlganlar.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader